HAMYURTIMIZ IRINA GEVORGYANNING XALQARO TURNIRDAGI MUVAFFAQIYATLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Avstriya poytaxti Vena shahrida shaxmat bo’yicha "Vienna Chess Open 2015" xalqaro turniri o’tkazilmoqda. Ushbu nufuzli musobaqaning “A” guruhida ishtirok etayotgan 265 nafar shaxmatchidan 76 nafari dastlabki ikki turda ғalaba nashidasini surdilar.
E’tiborli jihati shundaki, yuz foizlik ko’rsatkich bilan peshqadamlar safidan o’rin olgan sportchilar orasida hamyurtimiz Irina Gevorgyan (2206) ham bor.
Tajribali sportchimiz har ikki turda ham mezbonlar vakiliga qarshi dona surdi va har ikki bellashuvda ham zafar quchdi. Dastlab Leisch Lukasni (1948) maғlub etgan yurtdoshimiz, ikkinchi partiyada Diermair Andreasdan (2485) ustun keldi. Uchinchi turda Irina Gevorgyan Qozoғiston vakili Jansayey Abdumalik (2371) bilan kuch sinashadi.
“Jahon” AA