HAMYURTIMIZ OKSANA CHUSOVITINADAN NAVBATDAGI OLTIN VA KUMUSH MEDAL
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Iyul oyining dastlabki kunlarida sport gimnastikasi bo’yicha Turkiyaning Mersin shahrida “World challenge cup” xalqaro turniri o’tkazildi. Ushbu musobaqada 150 dan ziyod mahoratli sportchilar o’z imkoniyatlarini namoyish etishdi. Ular orasida hamyurtimiz Oksana Chusovitinaning borligi ham musobaqaga o’zgacha chiroy baxsh etdi.
Mersin shahrida bo’lib o’tgan mazkur turnir ko’plab sportchilar, shu jumladan, Oksana Chusovitina uchun ham shu yilning avgust oyida Braziliyaning Rio de Jeneyro shahrida o’tkaziladigan 31-yozgi Olimpiyadadan oldin ajoyib tayyorgarlik vazifasini o’tab berdi.
Sportchimiz tayanib sakrash bo’yicha 15.325 bal bilan oltin medalga ega chiqqan bo’lsa, To’sin mashqidagi chiqishi musobaqa hakamlari tomonidan ikkinchi o’rin deb baholandi. Natija 13.500 bal. Bu mashqda hamyurtimizdan, faqatgina turnir mezboni - Turkiya vakilasi Tutya Yilmaz o’zib ketishga muvaffaq bo’ldi.
Uning mazkur turnirda qayd etgan natijalari kishini quvontiradi. Boisi, 41 yoshli yurtdoshimizning 1ta oltin hamda kumush medallarini qo’lga kiritishi, Rio da bo’lib o’tadigan katta yozgi olimpiya o’yinlarida yuqori natijalar ko’rsata olishi uchun unga qo’shimcha kuch beradi. Garchi, professional sportdagi faoliyatini yakunlashga yaqin turgan bo’lsa-da, Oksananing hozirchalik natijalari yomon emas. Undan Rio da ham yuqori probali medallarni kutib qolamiz.
UZREPORT