“HAQIQIY OLAMLAR”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Badiiy akademiyasi Fotosuratlar uyida rassom Aleksandr Nikolayevning “Haqiqiy olamlar” nomli rasmlar ko’rgazmasi ochildi, deya xabar beradi www.kultura.uz.
Ko’rgazmada mumtoz asarlar qoidalariga ko’ra ishlangan asl peyzajli kompozitsiyalar taqdim qilindi. Rasmlar muallif va zamon haqida hamda hozirda dunyoda ro’y berayotgan voqealar haqida hikoya qiladi.
Tadbirga tashrif buyurganlar mo’yqalam sohibining bu galdagi sur’atlari boshqalaridan tubdan farq qilishi va bu rassom mahoratining yangi qirralari kashf qilinganidan dalolat berishini ta’kidladilar
Muallifning aytishicha, qahramonlari huddi film yoki spektakldagi singari ma’lum ro’lga ega bo’lgan o’ziga xos janr yaratgan hamda ushbu qahramonlar shaxsiy dramaturgiyaga asoslanadi. Har bir rasmda qandaydir o’yin aks etgan bo’lib, uning ma’nosi tomoshabinlar ixtiyoriga havola qilingan.
“Jahon” AA