Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HAR BIR BOLA HIMOYADA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HAR BIR BOLA HIMOYADA

Poytaxtimizda "Ijtimoiy inklyuziya: bolalar ijtimoiy moslashuvidagi yangi yondashuvlar" mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

"Sen yolg’iz emassan" respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, YuNISEF va YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda senatorlar, deputatlar, olimlar, ekspertlar, pedagoglar, xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.

"Sen yolg’iz emassan" respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili L.Karimova-Tillayeva, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov, sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova, YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari K.Pikkat, YuNISEFning yurtimizdagi vakolatxonasi rahbari S.Graumann va boshqalar O‘zbekistonda yosh avlod manfaatlarini ta’minlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishilayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy sohalarda hayotga izchil tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashda, ularda bolalarning bezavol o‘sib-ulg‘ayishi, huquqlarini himoyalashda muhim omil bo‘lmoqda.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida oilalardagi ma’naviy muhitni mukammal o‘rganish, bolalar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida ham ijtimoiy himoya, yoshlar kamoloti bilan bog‘liq dolzarb masalalar aks etgan.

Tibbiy imkoniyati va ehtiyojidan qat’iy nazar, barcha bolalarning birgalikda ta’lim olishi, jamiyatga integratsiyalashuviga oid jihatlar ijtimoiy inklyuziyaning tarkibiy qismidir. Mamlakatimizda bu yo‘nalishni yanada takomillashtirishga doir bir qator ma’rifiy-ijtimoiy loyihalar hayotga tatbiq etilishi bilan birga umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim uchun zarur barcha imkoniyatlarni yaratish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jihatlar ta’lim maskanlarida maxsus yo‘lakchalar qurish, sinfxonalarni zarur vositalar bilan jihozlash, pedagoglarning kasb mahoratini oshirish, keng jamoatchilik, ota-onalar, bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlashda aks etmoqda.

Mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgani, davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari hamda jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi mustahkam ijtimoiy hamkorlikning keng yo‘lga qo‘yilgani ushbu soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. "Sen yolg’iz emassan" jamg‘armasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tomonidan Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari, tibbiy imkoniyati turlicha bo‘lgan bolalarning huquqiy, ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda.

– O‘zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’limga doir loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi, – deydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays. – Buning asosiy omili mamlakatingizda ijtimoiy hamkorlik mexanizmlarining puxta yo‘lga qo‘yilgani, muhim huquqiy asosning yaratilganidadir.

– Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy inklyuziyada psixologik jihatlarni e’tiborda saqlash g‘oyat muhimdir, – deydi avstriyalik ekspert, bolalar psixologi Yurgen Bekker. – Chuqur tahlil asosida avvalo bolalarning fikrini o‘rganish, ota-onalar, pedagoglar bilan muloqotlar inklyuziv ta’limga to‘g‘ri yondashuv yo‘nalishlarini belgilashda muhimdir. O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim bo‘yicha amalga oshirilgan loyihada ushbu jihatlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Anjumanda ijtimoiy inklyuziyaning asosiy yo‘nalish va istiqbollari, alohida ehtiyojli bolalarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasi samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari, ijtimoiy inklyuziyaning psixologik asoslari, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishga oid masalalar atroflicha muhokama etildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva so‘zga chiqdi.

O’zA