Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HAR GO‘SHASI BOG‘U BO‘STON

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HAR GO‘SHASI BOG‘U BO‘STON

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qatnashchilarining Registon maydonidagi sahnadan tashqari Samarqand shahri va tumanlardagi madaniyat va istirohat bog‘larida konsert berishi an’anaga aylangan.

Bu yil o‘ninchi bor o‘tkazilgan ushbu nufuzli san’at bayramida ham shunday bo‘ldi. Samarqand shahrining Chashma mahallasidagi “Shaboda” istirohat bog‘ida o‘z dasturini namoyish etgan xorijlik san’atkorlardan biri “Bizning shahrimiz ham yurtimizda alohida o‘rin tutadi, ikkita istirohat bog‘imiz bor. Lekin Samarqandda bunday bog‘ va xiyobonlar juda ko‘p ekan, havasimiz keldi”, deya hayratini oshkor qildi.

Qariyb uch ming yillik tarixi davomida yirik ilm-fan va madaniyat markazi, sivilizatsiya beshigi bo‘lib kelgan Samarqand azaldan o‘zining ko‘rkam bog‘lari, Sharq me’morchiligining noyob va betakror namunalari asosida bunyod etilgan bino va inshootlari bilan dunyoga mashhur. Ayniqsa, Sohibqiron Amir Temur davrida bu shahar yanada obod bo‘lib, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi, chinakam Sharq gavhari, yer yuzining sayqaliga aylangan.

– Amir Temur Samarqandni o‘z davlatining poytaxti sifatida tanlagach, shahar va uning atrofida ulkan binolar bilan birga go‘zal va betakror bog‘lar yaratgan, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori Amriddin Berdimurodov. – Jumladan, Bog‘i Naqshi jahon, Bog‘i Behisht, Amirzoda Shohruh bog‘i, Davlatobod, Bog‘i Baland, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Buldu, Bog‘i Jahonnamo, Bog‘i Nav haqida tarixiy manbalarda ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Ularda qayd etilishicha, har bir bog‘ qurilishida mukammal geometrik va matematik hisob-kitoblar asosida yaratilgan loyihalardan foydalanilgan. Barchasida saroy va uning oldida sarhovuz bunyod etilib, markaziy yo‘laklar tashkil etilgan. Suv inshootlari bog‘ning me’moriy yechimiga mos tarzda yaratilgan. Turli mevali va manzarali daraxtlar, boshqa mamlakatlardan keltirilgan daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlangan. Bog‘larda umumiy o‘xshashlik kuzatilsa-da, ularning har biri joylashgan hududi, kimning yoki nimaning sharafiga yaratilganiga qarab o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Hatto daraxt va gullari bilan ham bir-biridan ajralib turgan. Bugun Samarqand shahri va uning atrofida barpo etilayotgan bog‘ va xiyobonlarni ko‘rganimizda Sohibqiron bobomiz bog‘lari qayta tiklanayotgandek, yangicha chiroy ochayotgandek tasavvur uyg‘onadi kishida.

Prezidentimiz Islom Karimov g‘oyasi va taklifi asosida ishlab chiqilgan Samarqand shahrining bosh rejasiga asosan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari jarayonida shaharning bir qator hududlarida yangi bog‘ va xiyobonlar tashkil etildi, mavjudlari zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilinmoqda. Xususan, Registon majmuasi, Amir Temur va Ruhobod maqbaralari, Shohi Zinda yodgorlik majmui, Ulug‘bek rasadxonasi, temir yo‘l vokzali atrofi obod qilinib, ko‘rkam xiyobonlar yaratildi. Yo‘lbarslar xiyoboni, Ruhobod maydoni, Shoirlar bog‘i singari yangi bog‘lar ochildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2004-2005-yillarda shahardagi markaziy istirohat bog‘i rekonstruksiya qilinib, butunlay yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Shaharsozlik talablariga zid ravishda qurilgan binolar o‘rnida zamonaviy inshootlar, favvoralar va sport maydonchalari barpo etildi. Yangi attraksion va o‘yin qurilmalari o‘rnatildi. Bog‘ markazida Alisher Navoiy haykali o‘rnatilib, mazkur madaniyat maskaniga ulug‘ ajdodimiz nomi berildi. Eng muhimi, 12,5 gektarlik bog‘ning ko‘kalamzor hududi kengaytirilib, xorijdan keltirilgan 1500 tupdan ortiq noyob daraxt ko‘chatlari va butalar ekildi. Bu yerda mavjud 150-200 yoshli botqoq kiparisi, temir daraxti, yapon qog‘oz daraxti, qrim qarag‘ayi, eman, sarv daraxtlarini asrab-avaylash va parvarishlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.

– Prezidentimiz rekonstruksiyadan avval bog‘ bilan tanishganida Samarqand shahri tabiati, havosining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib, hududdagi noyob daraxtlarni asrab-avaylash, ularni ko‘paytirish choralarini ko‘rish zarurligini alohida ta’kidlagan edi, – deydi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i direktori Farhod Jalilov. – Xususan, XIX asrning 60-yillarida ekilgan besh tup botqoq kiparisi va bir tup temir daraxti sayyoramizdagi noyob o‘simliklardan sanaladi. 30-35-yil umr ko‘radigan yapon qog‘oz daraxti ham hamma joyda uchramaydi. Hozir bog‘imizda bu daraxt soni beshtaga yetdi. Ushbu daraxtlarni parvarishlash bo‘yicha biolog olimlar va viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislari hamkorlikda ish olib bormoqda. Bu esa ushbu hududni Samarqandning ekoturistik manzillaridan biriga aylantirib, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlarga betakror tabiatimiz va uning turfa go‘zalliklarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

Keng ko‘lamli bunday bunyodkorlik ishlari keyingi yillarda shahardagi “So‘g‘diyona”, “Yoshlik” madaniyat va istirohat bog‘larida amalga oshirildi. Ayni paytda bu bog‘lar aholining sevimli hordiq va dam olish maskani bo‘lishi barobarida viloyat va mamlakat miqyosidagi yirik madaniy-ma’rifiy tadbirlar, anjumanlar markaziga aylangan.

Joriy yilda shaharning Ko‘ksaroy va Teatr maydonlarida katta hajmdagi qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yangi favvoralar qurildi, yashil maysazorlar tashkil etildi.

– Samarqandning buyuk o‘tmishiga uyg‘un zamonaviy qiyofasini yaratishda yangi bino va inshootlar qurish bilan birga, har bir tup daraxt va gul ko‘chati ekishga ham alohida mas’uliyat, e’tibor bilan yondoshilmoqda, – deydi Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi bosh agronomi Axtam Xoliqov. – Keyingi yillarda rekonstruksiya qilingan Bo‘stonsaroy, Toshkent, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, Registon, Ibn Sino ko‘chalarida, yo‘l yoqalarida kashtan, yapon saforasi, qrim qarag‘ayi, sharq archasi singari daraxt ko‘chatlari, butasimon o‘simliklar ekildi. Yangi tashkil etilayotgan bog‘ va xiyobonlarga ham shahar iqlimiga mos, atrof-muhit musaffoligini ta’minlovchi va kishiga zavq beradigan daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Ana shunday yondashuv tufayli bundan besh-olti yil oldin Yo‘lbarslar xiyoboni, Ruhobod maydoni, Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va boshqa hududlarda xorijdan keltirib ekilgan noyob ko‘chatlar bugun ko‘kka bo‘y cho‘zib, go‘zal manzara kasb etmoqda. Shahardagi yashil maydonlar 35-40 ming kvadrat metrga kengaydi. 250 dan ortiq yangi gulxonalar tashkil etildi. Umuman, keyingi yillarda Samarqand shahri hududida 100 ming tupdan ziyod kashtan, lola daraxti, yapon saforasi, sharq archasi, oq qayin singari daraxt ko‘chatlari, 12 ming tup butasimon gullar ekildi. E’tiborlisi, bu nihollar dastlab xorijdan keltirilgan bo‘lsa, bugun mahalliy ko‘chatchilik va gulchilik xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.

Havo mo‘tadilligi va atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda favvoralarning ahamiyati katta. Shu bois, shahardagi bog‘ va xiyobonlar, maydonlarda har yili zamonaviy favvoralar qurishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada bir paytlar barmoq bilan sanarli favvoralari bo‘lgan shaharda bugungi kunda bunday gidroinshootlar soni qirqdan oshdi. Universitet xiyoboni, Shoirlar bog‘i, Ruhobod va Ko‘ksaroy maydonlari, Registon va Dahbed ko‘chalari chorrahasi, Temiryo‘l vokzali maydonida musiqali va nurli favvoralar yaratildi. Ana shu maskanlarda joriy yil 1-may kuni favvoralar sayli yuqori saviyada o‘tkazildi.

Bugun Samarqand yana bayram taraddudida. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1996-yildan buyon 18-oktabr “Samarqand shahri kuni” sifatida nishonlanmoqda. Har yili katta tantana bilan nishonlanayotgan mazkur sanaga bu yil ham qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar, xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA