HARBIYLAR HUZURIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 24-yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Askarlarning jismoniy va intellektual salohiyatini, ma’naviy kamolotini yanada yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlarda keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etmoqda.
Nukus shahridagi “Qizketken” posyolkasi hududida joylashgan harbiy qismda o‘tkazilgan “Vatanni mardlar qo‘riqlaydi” deb nomlangan bayram tadbirida O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy yaxlitligi, barqaror va izchil demokratik taraqqiyotimizning ishonchli kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni yanada takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Milliy armiyamiz qudratini oshirishga yo‘naltirilgan islohotlar askarlarning jangovar tayyorgarligini mustahkamlash va ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
– Bugungi uchrashuv juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi, – deydi serjant Ilhom Mirzamatov. – Talaba-yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar askar va ofitserlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Harbiylar hayotidan olingan sahna ko‘rinishlari, hazil-mutoyibaga boy intermediyalar juda qiziqarli ekan.
Tadbir doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tashabbusi bilan yoshlarni muddatli harbiy xizmatga qiziqtirish maqsadida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qismlaridan biriga sayohat uyushtirildi.
Harbiy qismga Nukus shahridagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari taklif etildi. Ular bu yerda askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-chiniqish mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollar, harbiy texnikalar bilan tanishdi.
– Harbiy qism bo‘ylab qilgan sayohatimiz juda maroqli bo‘ldi, – deydi Nukus yuridik kolleji o‘quvchisi Serik Jaqsiliqov. – Bu kabi tadbirlar biz, yoshlarning harbiy xizmatga qiziqishimizni, el-yurt tinchligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashdek sharafli kasbga ishtiyoqimizni yanada kuchaytiradi. Kelgusida men ham askar akalarimdek Vatan himoyachisi bo‘lishga ahd qildim.
O’zA