HAVO YO‘LLARI ORQALI XORIJGA CHIQAYOTGAN YOKI RESPUBLIKAMIZGA KIRIB KELAYOTGANLAR DIQQATIGA!
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2018-yilning 1-yanvaridan boshlab, respublikamizning barcha xalqaro aeroportlaridagi bojxona chegaralari orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizim ishga tushirilayotganidan xabardormisiz?
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida joriy qilinayotgan ushbu yangilik fuqarolarni, ayniqsa yurtimizga kelayotgan sayyohlarning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish jarayonini yanada tezlashtirish va soddalashtirishimkonini beradi.
Buning uchun xalqaro earoportlarda jismoniy shaxslarning bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimii amaliyotga tatbiq etiladi.
Endilikda yo‘lovchilar bojxona operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakni mustaqil ravishda tanlashadi.
O‘zA