«HAZORASP» ERKIN IQTISODIY ZONASI ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati iqtisodiyotiga jalb qilinadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri invistitsiyalarni ko‘paytirish va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini yanada rivojlantirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Xalqaro bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyoni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot turlarini ko‘paytirishda mamlakatimizning turli hududlarida tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarning alohida o‘rni bor.
Prezidentimizning joriy yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda dasturilamal bo‘lmoqda.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun 414 gektardan ortiq yer maydoni ajratilgan. Keyinchalik ushbu hudud yanada kengaytiriladi. Yangi erkin iqtisodiy zonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, qadoqlash, to‘qimachilik, poyabzal va charm-galantereya, kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi.
Davlatimiz rahbari joriy yil 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha bilan tanishib, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur imkoniyatlar yaratish maqsadida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, xususan, gaz, suv va elektr tarmoqlari, kanalizatsiya, avtomobil va temir yo‘llari, aloqa tizimi shakllantirilmoqda.
Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda 25 loyiha ishlab chiqilgan. Natijada 1000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududda ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholini barqaror daromad bilan ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















