HIND OLIMI: “MAHALLA O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ASOSI HISOBLANADI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Javoharlal Neru nomidagi universitetning Xalqaro tadqiqotlar maktabi huzuridagi Rossiya va Markaziy Osiyoni o’rganish dasturi direktori Adjay Kumar Patnaik (Hindiston) Toshkentda bo’lib o’tgan “Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirish: O’zbekiston tajribasi va xorijiy amaliyot” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro davra suhbati ishida xorijlik ekspert sifatida qatnashgan edi.
U yaqinda “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan Dehlida bo’lib o’tgan muloqot chog’ida O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi muvaffaqiyatlari haqidagi o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
— Men Fransiya, Italiya, Germaniya, Belgiya, Turkiya va boshqa davlatlar ekspertlari ishtirokida Toshkentda bo’lib o’tgan xalqaro davra suhbatida qatnashganimdan mamnunman.
Shuni qayd etishim lozimki, biz Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil Instituti bilan yaqin hamkorlik qilib kelamiz. O’tgan yillar davomida birgalikda mamlakatlarimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga bag’ishlangan qator davra suhbatlarini o’tkazdik.
Mening fikrimcha, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishidagi noyob institut - mahalla O’zbekistonda fuqarolik institutlarining asosi hisoblanadi. U jamiyatingizda demokratiyaning gullab-yashnashida o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda 8240 ta nodavlat-nohukumat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatda Konstitutsiya asosida eng zamonaviy demokratik talablar va xalqaro standartlarga javob beradigan 200 dan ziyod qonunchilik hujjatlaridan iborat bo’lgan nodavlat-nohukumat tashkilotlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasi yaratilgan.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy himoyasi va moliyalashtirilishi ta’minlanishi yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar ham yuqori bahoga loyiqdir. Shu o’rinda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatingizda davlat va jamiyat rivojlanishining “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash zarur.
“Jahon” AA, Dehli