Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Hindiston davlat vaziri bilan uchrashuv

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Hindiston davlat vaziri bilan uchrashuv

2018-yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar Davlat vaziri Mobashar Javad Akbarni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifi va Hindiston rahbariyati bilan bo‘ladigan muzokaralariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni uchrashuv kun tartibining asosiy masalasi bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ikki mamlakatda ham oliy darajadagi O‘zbekiston-Hindiston uchrashuvining mazmuniy qismi ustida birgalikda ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada qator muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu o’rinda 2018-yilning 13-14-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining 5-majlisida ishtirok etgan Mobashar Javad Akbar ta’kidlashicha, ikki tomonlama munosabatlar uchun juda muhim hodisa arafasida shu kabi tadbirlarning o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi.

Avgust oyida bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 11-majlisida ikki tomon uchun ham manfaatli bir qator istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Bir necha kun ilgari Hindistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi va qo‘shma biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Hindiston Elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.

www.mfa.uz