HINDISTON DZYUDO FEDERATSIYASI PREZIDENTI: O’ZBEK SPORT MAKTABLARI O’ZINING MASHXUR AN’ANALARIGA EGA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Osiyo dzyudo birlashmasi bosh kotibi, Hindiston Dzyudo federatsiyasi prezidenti Mukesh Kumar “Jahon” axborot agentligining Dehlidagi muhbiri bilan suhbat chog’ida mustaqillik yillarida yurtimizning sport sohasida erishgan yutuqlari borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.
— Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” singari xalqaro maydondagi yuqori ko’rsatkichlar asosi bo’lgan noyob sport musobaqalari meni doim hayratga solib kelgan, – deya ta’kidlaydi M.Kumar.
— Go’zal yurtingizga bir necha bor tashrifim doirasida shunga amin bo’ldimki, O’zbekistonda shaxmat, boks, kurash dzyudo kabi sport maktablari o’zining faxrlansa arzigulik an’analariga ega.
2002-yilda tashkil etilgan Bolalar sportini rivojlantirish fondining samarali faoliyatini a’lohida ta’kidlab o’tmoqchiman. O’tgan yillar davomida Toshkent shahri va viloyatlarda 1700 dan ortiq bolalar sport majmualarining bunyod etilishi tahsinga sazovor. Ularning barchasi zamonaviy anjomlar bilan jihozlangam bo’lib, jahon standardlariga to’la javob beradi. Ushbu muassasalar jami 95,3 ming seksiyani o’z ichiga oladi.
Yuqorida keltirilgan faktlar O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish sohasida qilinayotgan ulkan islohotlar dalilidir. O’zbek sportchilari xalqaro maydonlarda yanada yuqori natijalarni ko’rsatishlariga ishonaman.
“Jahon” AA, Dehli