Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HINDISTON MATBUOTI O’ZBEKISTONDA IQTISODIYOT VA TURIZMNING RIVOJI HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HINDISTON MATBUOTI O'ZBEKISTONDA IQTISODIYOT VA TURIZMNING RIVOJI HAQIDA

Mamlakatimizda izchil kechayotgan rivojlanish jrayonlari xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilmoqda. O’zbekistonning yangi iqtisodiy va sayyohlik imkoniyatlari haqidagi navbatdagi maqola Hindistonning “The Statesman” gazetasida chop etildi.

Maqolada mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi, erishilgan natijalar va kutilayotgan asosiy ko’rsatkichlar haqida so’z yuritilib, O’zbekiston bugungi kunda turli sohalarda tub islohotlarni amalga oshirish orqali taraqqiyot sari ishonch bilan odimlayotgani ta’kidlanadi.

Unda O’zbekiston va Hindiston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikka ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, ushbu yo’nalishdagi aloqalar faol rivojlanayotgani, davlatlarimiz o’rtasida bu yo’nalishda qulay rejim o’rnatilgani, ikki tomonlama sarmoyalarni kengaytirish va himoya qilish to’g’risidagi bitim amal qilishi hamda ilmiy-texnika sohasida ham hamkorlik rivojlanayotgani qayd etiladi.

Hindiston nashrida O’zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi masalasi ham keng yoritilgan. “Mamlakatning geofizikaviy o’ziga xosligi bu o’lkaga borgan sayyohlarga har bir faslni his etish imkoniyatini beradi, - deb yozadi “The Statesman”. - Bugungi kunda ko’plab xalqaro sayyohlik yo’nalishlari O’zbekistonning tarixiy diqqatga sazovor maskanlarini qamrab oladi”.

Maqolada shuningdek, O’zbekistonning bir qator shaharlari aeroportlari modernizatsiya qilingani, ularda xalqaro andozalarga mos holda yo’lovchilar uchun qulayliklar yaratilgani, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi samolyotlari majmuining muntazam yangilanib borilayotgani haqida aytiladi.

Bundan tashqari, “The Statesman” sahifasidan yurtimiz sayyohlik yo’nalishlari, o’zbek milliy oshxonasining o’ziga xos taomlari, mamlakatimizdagi umumxalq bayramlari hamda O’zbekiston haqida qisqacha tarixiy ma’lumotlar ham o’rin olgan.

“Jahon” AA, Dehli