HINDISTON OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TOSHKENTDAGI XALQARO KONFERENSIYA HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent shahrida 22-23-aprel kunlari bo’lib o’tgan “Fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining roli: O’zbekiston tajribasi” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro konferensiya xorijiy davlatlarning ijtimoiy-siyosiy va ekspert doiralari o’rtasida katta qiziqish uyg’otgani barobarida mahalliy va chet ellar ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi.
Hindistonning “Sarkaritel” va “Diplomacy India” axborot-tahlil portallarida O’zbekistonda davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o’rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqot yo’lga qo’yilgani xodimlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilayotgani xususida xorijiy ekspertlar hamjamiyati vakillari tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va baholarni o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan.
Mazkur ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda mehnat sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasida boy tajriba to’plangani, xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash uchun kasaba uyushmalariga keng vakolatlar berilgani va bunday imkoniyatlar samaralariga e’tibor qaratishgan.
Konferensiya yakunlari haqida to’xtalar ekan, “Sarkaritel” quyidagilarni yozadi:
“Xalqaro tashkilotlar, xorij kasaba uyushmalari vakillari va chet ellik mutaxassislar fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari kafolatlarini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston tajribasini yuqori baholashdi. Xususan, respublikada bandlik imkoniyatlarini kengaytirishda va daromad olishda, ijtimoiy himoya va ijtimoiy muloqotni mustahkamlash tizimlarini takomillashtirishda yuqori natijalarga erishilgani alohida qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, O’zbekistonda mehnat qonunchiligi va fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlari xalqaro me’yorlarga to’la mos, ko’plab masalalarda esa ulardan ham ortiq ustunlikka egadir. Fuqarolarning mehnat huquqi va munosib mehnat haqiga bo’lgan huquqi to’la ta’minlangan.
Korxonalarda, tashkilot va muassasalarda kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o’rtasida imzolanadigan jamoa shartnomalari asosida bandlikka ko’maklashish, tashkil etilayotgan yangi ish joylarida qulay hamda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning munosib mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqlarini ta’minlash, ularga qo’shimcha imtiyoz va kafolatlar berish, kadrlarni qayta tayyorlash bo’yicha ish olib borilmoqda”.
“Jahon” AA, Dehli