Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Honeywell: O‘zbekistondagi texnologik markazi imkoniyatlarini kengaytirdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Honeywell: O‘zbekistondagi texnologik markazi imkoniyatlarini kengaytirdi

Bugun AQShning Honeywell kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining yangilangan trening markazini ochdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Rozenblyum, Honeywell kompaniyasining yuqori o‘sish sur’atlariga ega hududlar bo‘yicha prezidenti Sheyn Tedjarati, mazkur kompaniyaning Turkiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Frans van Dyorsen va boshqalar ushbu markaz yordamida hududiy buyurtmachilar sanoat texnologiyalaridan foydalanish hamda jarayonlarni avtomatlashtirish uchun jahon toifasidagi uskunalarda o‘qish imkoniyati yaratilganini qayd etdi.

Aytish joizki, Honeywell kompaniyasining Toshkent shahridagi ofisidagi amaldagi trening markazi Honeywellning Experion:registered: Orion konsolini namoyish etish uchun takomillashtirildi. Ushbu tizim sohaning bo‘lajak mutaxassislarini o‘qitishga yo‘naltirilgan Markaziy Osiyodagi ilk tizimlardan biridir.

Neftni kompleksli qayta ishlash va qayta ishlash zavodlari uchun ishlab chiqilgan Experion:registered: Orion konsoli ma’lumotni maksimal tarzda aniq aks ettirish imkoniga ega ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Ushbu texnologiya bugungi kunda kelajak dispetcherlik tizimini yaratish imkonini beradi. U zamonaviy, mobil va ulangan stansiya operatorlari uchun korxonadagi jarayonlar va operatsiyalarning yagona ko‘rinishini ta’minlab berib, operatorning toliqishini kamaytirgan hamda korxonaning barcha ob’ektlaridagi operatsiyalar haqida holatga oid xabardorlikni yaxshilaydi. Bu esa boshqarish tizimidan foydalanishni osonlashtiradi.
Janob Frans van Dyorsenning fikriga ko‘ra, Honeywell O‘zbekistonda avtomatlashtirish, neft kimyosi, xavfsizlik, unumdorlik va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida 20 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Ahamiyatli jihati shuki, markazning birinchi foydalanuvchilari "Oltin Yoʻl GTL" kompaniyasining xodimlari bo‘lib, ular yangi tizim imkoniyatlarini o‘rganadi.

– Bizning faoliyatimiz unumdorlik, xavfsizlik va ishonchlilikning yuqori standartlariga asoslangan. Jahondagi eng mukammal tizimlari asosida ta’lim olgach, ular barcha jarayonlarning va tizim imkoniyatlarini aniqlay oladi, – dedi "Oltin Yoʻl GTL" bosh direktori Faxriddin Abdurasulov.

Ma’lumot o‘rnida, Honeywell kompaniyasi sanoat texnologiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan. Kompaniya O‘zbekistonda “Kimyoavtomatika” MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona sifatida 1998 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. “Honeywell GES Uzbekistan” O‘zbekiston hamda MDH, Yaqin Sharq va Afrikaning boshqa davlatlaridagi buyurtmachilarini loyihalashtirish, injiniring va dasturiy-texnik majmualariga servis xizmat ko‘rsatish, sanoat uchun yechimlar borasida qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu bilan birga, kompaniya texnik ta’lim sohasida mamlakatimizdagi universitetlar bilan hamkorlik qilmoqda.

www.uza.uz