HOTAMJON KETMONOVNING ANDIJON VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 4-noyabr kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Onlayn videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Nurmatov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z nutqida saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zladi.
Dastur partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi ko‘pchilik – Demokratik kuchlar blokiga nisbatan o‘zini muxolifat, deb e’lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslanishini ta’kidladi.
Dasturda aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlami manfaatlarini himoya qilish, bandlikni ta’minlash tizimini zamonaviy usullarni joriy qilish orqali doimiy takomillashtirib borish kabi ustuvor yo‘nalishlarga keng o‘rin berilgan.
Nomzod ushbu maqsadda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish davomida barqaror ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari mazkur dasturlarning muhim mezonlaridan bo‘lishini ta’minlash, ishchi kuchi chetga chiqib ketishining oldini olish, buning uchun har yili qabul qilinadigan ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash davlat dasturi ijrosida yangicha yondashuvlarga o‘tish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tuzishda joriy va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini to‘g‘ri va aniq belgilash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, ushbu sohalarga mamlakatda mavjud bo‘lgan bo‘sh mehnat resurslarini faol jalb etish zarurligi bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.
Dasturda kichik biznes, uy mehnati, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish, mehnat qonunchiligida ayollarga berilgan huquq va qo‘shimcha imtiyozlardan keng foydalanishi uchun yanada maqbul sharoitlar yaratish lozimligi qayd etilgan.
Uchrashuvda Andijon tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori I.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston XDP Andijon viloyati kengashi faoli Z.Oxunova, partiya faxriysi T.Rustamov, "Nuroniy" jamg‘armasi Bo‘z tumani bo‘limi raisi I.Egamberdiyev va boshqalar nomzodning dasturida ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA