HOTAMJON KETMONOVNING FARG‘ONA VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 5-noyabr kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili D.Mamajonova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzod o‘z saylovoldi dasturida milliy manfaatlarga sodiqlik, mustaqilligimizni, yurtimiz tinchligini yanada mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish, fuqarolararo va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishdek ezgu maqsadlar mujassam ekanini ta’kidladi.
Dasturda partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, muxolif fraksiya sifatida ilgari surilgan g‘oyalarga asoslanishi, eng kam iste’mol xarajatlari (iste’mol savatchasi) standartlarini belgilashning asoslangan va zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish hamda joriy qilish, aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxini maqbullashtirish, aholi bandligini ta’minlashning yangi va zamonaviy usullarini joriy etish dasturining so‘zsiz bajarilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjet mablag‘lari, ayniqsa, ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadli ravishda sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni kuchaytirish, davlatning o‘sib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlaridan aholining barcha qatlamlari, avvalo, kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasini yanada yaxshilash, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish, shuningdek, ularning eksport imkoniyatlarini kengaytiruvchi va aholining xarid qobiliyatini oshirishga xizmat qiluvchi raqobat muhitini shakllantirish masalalariga e’tiborni kuchaytirish zarurligi taklif etilgan.
Rishton tumanidagi "Miskin" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D.Nazirova, xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi deputati D.Omonov, O‘zbekiston XDP viloyat kengashining "Istiqbol” yoshlar qanoti sektori mudiri A.Hakimov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayonlari milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA