HOTAMJON KETMONOVNING NAMANGAN VILOYATI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 3-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvda viloyatning barcha tuman va shaharlaridagi saylovchilar vakillari qamrab olindi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Qirg‘izboyev yig‘ilganlarni Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzod saylovoldi dasturi partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga asoslanishini ta’kidladi. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, kam ta’minlangan qatlami turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning rolini mustahkamlash, eng kam iste’mol xarajatlari standartlarini belgilashga asoslangan va zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish, aholi bandligini ta’minlashning mutlaqo yangi va zamonaviy usullarini joriy qilish, aholining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand qatlami manfaatlarini himoya qilish saylovoldi dasturining asosiy g‘oyasi ekani qayd etildi.
Turli imtiyozlar berish orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini qonun doirasiga kiritish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish, davlat tomonidan qattiq nazorat o‘rnatish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning rolini mustahkamlash, mazkur ustuvorlikka amal qilgan holda yetakchi ijtimoiy sohalarning tijoratlashuvini cheklash, jamiyatning barcha a’zolarining ishonchli kafolatlari ta’minlanishi masalalarida biznes mas’uliyatini oshirishga oid vazifalar ham ilgari surilgan.
Uchrashuvda Kosonsoy tumani madaniyat va aholi dam olish markazi rahbari H.Bobojonova, "Namangan haqiqati" gazetasi bosh muharriri M.Parpiyev, Uychi tumani sport kolleji o‘qituvchisi A.Abdurahmonova, "O‘zbekiston ovozi" gazetasining viloyatdagi muxbiri N.Dehqonov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi.
So‘zga chiqqanlar saylovchilarni Vatanimiz istiqbolida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA