Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HOTAMJON KETMONOVNING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HOTAMJON KETMONOVNING QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 8-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili X.Eshimbetov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Hotamjon Ketmonov mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sanoati izchil rivojlanayotgan hududga aylangani, xususan, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Ustyurt neft-gaz kimyo majmuasi, Xo‘jayli shisha zavodi, Qo‘ng‘irot karbid, Nukus marmar va kabel zavodlari kabi zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari ishga tushirilgani mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Nomzod o‘zining saylovoldi dasturida milliy manfaatlarga sodiqlik, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, Vatanimiz tinchligini ta’minlash va xalqimiz farovonligini yuksaltirish, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni saqlash orqali O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi – rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga qaratilgan ezgu maqsadlar mujassamligini qayd etdi.

Dasturda qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatilishini tartibga soluvchi qonun va hujjatlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish, farmavsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati hamda dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini mustahkamlash, dori vositalari reklamasini cheklash kabi muhim vazifalarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari, Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali direktori Ye.To‘reniyozov,"Qoraqalpog‘iston ovozi" gazetasi bosh muharriri Sh.Ayapov, Xo‘jayli tumanidagi 70-umumta’lim maktabi direktori A.O‘rinboyeva, Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti magistranti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibasi G.Seytnazarova va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi xususida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

O’zA