HOTAMJON KETMONOVNING TOSHKENT SHAHRI SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUVI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 7-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A.Qirg‘izboyev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili H.Boboxonov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Nomzod Toshkentning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, bugun mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 17 foizga yaqini, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 18 foizdan ortig‘i, investitsiyalarning 18 foizi, savdo aylanmasining 21 foizi, xizmatlarning 30 foizi, tashqi savdo aylanmasining 37 foizi, eksportning 28 foizdan ziyodi poytaxt hissasiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.
Saylovoldi dasturida poytaxt ahli uchun muhim bo‘lgan masala – aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish tariflarining davlat tomonidan tartibga solinishini takomillashtirish orqali kommunal xizmatlar narxlarini maqbullashtirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, aholining barcha qatlamlari, avvalo, kam ta’minlanganlarning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning rolini mustahkamlash, eng kam iste’mol xarajatlari standartlarini belgilashga asoslangan zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish kabi masalalar o‘rin olgan.
Dasturda aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, tijorat banklaridan imtiyozli kredit olish tizimini soddalashtirish, turli imtiyozlar berish orqali ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Banklarning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, makroiqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, foiz stavkalarini minimal darajada belgilash, muammoli qarzlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, ochiq va oshkora elektron savdolar yo‘nalishini kengaytirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini takomillashtirish zarurligi taklif etilgan.
Uchrashuvda poytaxtimizdagi 44-oilaviy poliklinika bosh shifokori M.Rahmatullayeva, Yunusobod tumanidagi "Oqtepa" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Jalolov, Olmazor tumanidagi "Akmal Ziyo" xususiy korxonasi rahbari A.Inog‘omov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr bildirib, saylovga tayyorgarlik jarayoni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotganini ta’kidladi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
O’zA