«HUAWEI TECHNOLOGIES» KOMPANIYASI VITSE-PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AKT 2015 haftaligida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga yetib kelgan «Huawei Technologies» kompaniyasi vitse-prezidenti Lin Jyuychi xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlik Axborot xizmati.
Tomonlar telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ham, ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, yosh mutaxassislar malakasini oshirish hamda zamonaviy konvergent AKT-servislarini rivojlantirish sohasida ham ikki tomonlama hamkorlikning kelgusi rivojlanishi va hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlandi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so‘nggi rivojlanish odimlari va global darajadagi istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlar almashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Jahon” AA