HUDUDIY SEMINARLAR UYUSHQOQLIK BILAN O‘TKAZILADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazida joylarda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun hududiy seminar-treninglarni tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan ekspertlar guruhlarining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan tadbirda Markaziy, okrug saylov komissiyalari a’zolari, deputatlar, olimlar, mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Prezident saylovini o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalarining o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Markaziy saylov komissiyasining shu yil 13-oktabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan tadbirlar rejasi qabul qilindi. 20-oktabr kuni respublika seminar-treningi o‘tkazildi.
Joriy yilning 1-10-noyabr kunlari mamlakatimiz barcha hududlarida Markaziy hamda okrug saylov komissiyalari, shuningdek, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan saylov komissiyalari a’zolarining huquqiy bilimini yanada yuksaltirish, saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish belgilangan.
O‘tkaziladigan tadbirlardan maqsad saylov uchastkalarini jihozlash, saylovchilar ro‘yxatini tuzish va unga o‘zgartishlar kiritish, muddatidan oldin ovoz berish hamda saylov kuni ovoz berishni tashkil qilish, kuzatuvchilar institutining ahamiyati, ommaviy axborot vositalarining saylov jarayoni oshkoraligini ta’minlashdagi roli singari yo‘nalishlarda saylov komissiyalari a’zolarining bilim va malakasini yanada oshirishdir.
Yig‘ilishda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun hududiy seminar-treninglarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
O’zA