Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Taʼkidlash lozimki, hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar qator tizimli muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda.

Xususan, yangidan tashkil etilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiyot va tadbirkorlikni, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini hamda turizmni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan hokim oʻrinbosarlari tomonidan tadbirkorlarning dolzarb muammolarini hal etishga, hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqishga, shuningdek, mavjud salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga koʻp hollarda beparvo munosabatda boʻlinayotganligi kuzatilmoqda.

Respublika va joylardagi davlat boshqaruvi organlarida keng tarqalgan va bartaraf etilmayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini koʻrib chiqish va amalga oshirish, zarur ishlab chiqarish obyektlari, yer uchastkalari va kredit mablagʻlarini ajratish, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlarini yaratish masalalarini hal etishdagi sansolarlik, byurokratizm va toʻsiqlar bilan bogʻliq holatlar tadbirkorlik subyektlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga faol jalb etish, yalpi hududiy mahsulot hajmini oshirish, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni taʼminlamayapti.

Bundan tashqari, joylardagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining malakasi va amaliy tajribasi yetarli darajada emasligi, respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan ular faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish ishlarining sustligi qabul qilinayotgan qarorlarning samarali ijro etilishiga va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlariga erishishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, boʻsh turgan obyektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;

tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar (keyingi oʻrinlarda – hududiy guruhlar) 2-14-ilovalarga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki:

hududiy guruhlar tarkibiga kirgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va xodimlari asosiy ish joyi boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinadi hamda doimiy ravishda oʻzlariga biriktirilgan hududda boʻladi;

Komissiya va hududiy guruhlar ishiga Komissiya va hududiy guruhlar rahbarlarining qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining boshqa vakillari ham jalb etilishi mumkin;

Komissiya va hududiy guruhlarning soʻrovlari, koʻrsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan soʻzsiz ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

3. Quyidagilar:

a) Komissiyaning asosiy vazifalari etib:

10 kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni koʻrib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish;

tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;

hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish belgilansin;

b) hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib:

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani oʻrganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablagʻlarini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini oʻrganish va aniqlash;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor koʻrib chiqish choralarini koʻrish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish;

tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini taʼminlash;

boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlash;

joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Komissiyaga kiritish;

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish.

4. Komissiyaning ishchi organi funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasiga;

hududiy guruhlarning ishchi organi funksiyasi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining investitsiya, innovatsiya, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyatlariga yuklatilsin.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini (mahalliy byudjet, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning tegishli faoliyat sohalari boʻyicha byudjetdan tashqari jamgʻarmalari) aniqlagan holda, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etish yuzasidan majburiyatlarni yuklash huquqiga ega;

qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda auksion savdolariga qoʻyiladigan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlarining aniq investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda savdoga qoʻyiladi;

tegishli hududda, shu jumladan, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalaridan foydalangan holda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining veb-saytlarida va Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladi, shuningdek, televideniyeda eʼlon qilinadi;

tadbirkorlik subyektlari tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalarni tanlashda tegishli hujjatlarni keyinchalik hududiy guruhning ishchi organiga yuborish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki bevosita hududiy guruhning ishchi organiga murojaat qilishi mumkin;

hududiy guruhlar boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarining ularda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha majburiyatlarni, shu jumladan, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni koʻrsatgan holda elektron auksion savdolariga qoʻyilishini taʼminlaydi;

hududiy guruhlar, zarur hollarda, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli xorijiy investorlarni, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillarini jalb etgan holda xorijga chiqish hamda xalqaro investitsiya forumlari va konferensiyalarda ishtirok etish orqali izlash va topish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega;

ushbu qaror talablariga muvofiq oʻtkaziladigan elektron auksionni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi lozim;

boʻsh turgan davlat mulki obyektlari yoki yer uchastkalari auksion gʻolibiga bir yilgacha muddatda oldindan zaxiraga olish shartlarida (loyihaning murakkabligidan kelib chiqib, muddatini uzaytirish imkoniyati bilan) keyinchalik investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan shartlar bajarilganidan soʻng egalik va foydalanish huquqini rasmiylashtirgan holda beriladi. Investor tomonidan investitsiya shartnomasida koʻrsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, zaxiraga olish investorning xarajatlari qoplanmagan holda bekor qilinadi;
Komissiya har oyda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hududiy guruhlar hisobotini eshitadi, soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga axborot kiritadi.

6. Quyidagilar hududiy guruhlar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari etib belgilansin:

tegishli hududda har ming kishiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va koʻrsatilgan xizmatlar;

tegishli hududda, ayniqsa, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilgan doimiy ish oʻrinlari;

amalga oshirilgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari, shuningdek, oʻzlashtirilgan investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar;

ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan boʻsh turgan obyektlar va yer uchastkalari;

erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilgan loyihalar.

Belgilab qoʻyilsinki, har chorak yakuni boʻyicha ishlarning natijadorligiga qarab:

Komissiya qarori bilan Komissiya va hududiy guruhlar aʼzolariga eng kam ish haqining 30 baravarigacha miqdorda, ularning rahbarlariga esa eng kam ish haqining 50 baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot toʻlanadi;

Komissiya va hududiy guruhlar aʼzolariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan 30 foizdan 50 foizgacha miqdorda lavozim maoshidan ushlab qolish yoki egallab turgan lavozimidan ozod qilish shaklida javobgarlik choralari qoʻllanadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazlarida boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari negizida, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun kelib tushayotgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini hisobga olishning ularni koʻrib chiqish jarayonini monitoring qilishga imkon beradigan elektron tizimini joriy etsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari (Z.Nizomiddinov) bir hafta muddatda Komissiya va hududiy guruhlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini belgilashga alohida eʼtibor qaratgan holda Komissiya va hududiy guruhlarning ish reglamentini tasdiqlasin, shuningdek, ularning aʼzolari, tegishli davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga nisbatan ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari qoʻllanilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish;

uyushma aʼzolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatga jalb etish;

uyushma aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;

xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish;

oliy taʼlim muassasalari bilan ularning oʻquv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish boʻyicha hamkorlik qilish;

xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.

10. Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda, shu jumladan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda ixtisoslashtirilgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritsin, bunda:

investitsiya kompaniyasi investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar resurlarini jalb etishi;

investitsiya kompaniyasi xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalida ularning samaradorligi va daromadliligi koʻrsatkichlarini oshirish uchun ishtirok etishi;

investitsiya kompaniyasi boʻsh mablagʻlarining respublika hududlaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun joylashtirilishi;

investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun mahalliy va xorijiy konsultantlar jalb etilishi nazarda tutilsin.

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hududiy guruhlarga yuklatilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, shu jumladan, ularning joylashtirilishi va harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.

12. Belgilansinki, mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlarni, shu jumladan, transport xarajatlarini, yashash xarajatlarini, hududiy guruhlarning xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish, konsultantlarni jalb etish xarajatlarini, shuningdek, bir martalik mukofotlar toʻlashni va boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari buyurtmanomalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlariga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, vazirlik, idora va tashkilotlarning multimedia markazlari ushbu qarorning mazmun-mohiyati, shuningdek, hududiy guruhlar faoliyati va mavjud loyiha takliflari keng yoritilishini tashkil etsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 11-sentyabr

www.mfa.uz