Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilandi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Hududlarni kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ortda qolayotgan hududlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, hududlar farovonligi va aholi hayot darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilangan.

Ularni samarali amalga oshirish maqsadida davlatimiz rahbarining farmonlariga muvofiq, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. Hududlar va tarmoqlarni kompleks rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib joylashtirish Iqtisodiyot va sanoat vazirligining, tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlash, korxona va tashkilotlarning eksport faoliyatini muvofiqlashtirish Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Endi mazkur vazirliklar o‘zaro muvofiq ishlab, bozor talablari asosida mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, hududlar va tarmoqlarni jadal rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Bugungi kunda yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada qator loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Davlatimiz rahbari aksariyat loyihalar infratuzilma qulay bo‘lgan tumanlarga joylashtirilib, boshqa hududlar e’tibordan chetda qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

Yurtimizda o‘ttiz ikkita tumanda sanoatning ulushi viloyat ko‘rsatkichining 3 foiziga ham yetmasligi tanqid qilindi. Ushbu tumanlarning geografik joylashuvi, xomashyo bazasi, mehnat resurslaridan keng foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasiga har bir tuman kesimida qazilma boyliklari zaxirasidan kelib chiqib, ularni sanoatlashtirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

266 ming gektar yerning unumdorligi pasayib, foydalanishdan chiqib ketgani qayd etildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligiga bu joylarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlarning logistika, eksport va servis salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy holati nisbatan orqada bo‘lgan tumanlarda kooperatsiya asosida kichik sanoat zonalari tashkil etib, ularda to‘qimachilik, ko‘nchilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha loyihalarni joylashtirish zarurligi ta’kidlandi. Mazkur tumanlarda ishlab chiqarish va transport infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratilgan dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilishda ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy ishlar ham belgilab berildi.

Avvalo, Bosh vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruh joylarga chiqib, o‘ttiz ikkita tumanda har bir yo‘nalish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqadi.

– Bu loyihalar aniq bo‘lishi: nechta korxona ishga tushadi, qancha infratuzilma quriladi, qancha aholi band bo‘ladi, degan hamma savollarga javob bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yana bir e’tiborli jihati, ushbu loyihalarni moliyalashtirish manbalari “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” kabi dasturlar bilan bog‘liq holda hal etiladi. Mazkur tumanlardagi kam ta’minlangan oilalarni o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha maqsadli dastur amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan hisobоt berdi.

www.president.uz