HUJJATLAR IMZOLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ko‘ksaroydagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti imzolandi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi. Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, tashrif doirasida umumiy qiymati 500 million dollardan ziyod bo‘lgan 40 dan ortiq eksport shartnomasi imzolandi.
Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Afg‘oniston Prezidentining mamlakatimizga rasmiy tashrifi davom etmoqda.