“HUMAN RIGHTS WATCH” XNT DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUVI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Human Rights Watch” xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Hyu Uilyamson va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofis rahbari Stiven Sverdlov tarkibidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikkitomonlama aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi chuqur islohotlarning yaxlit dasturi sifatida O‘zbekiston va “Human Rights Watch” o‘rtasidagi konstruktiv va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochishi qayd etildi.
XNT vakillari o‘zlarining Toshkent shahrida o‘tkazilgan ko‘psonli davlat va nodavlat tuzilmasidagi uchrashuvlardan olgan taassurotlar to‘g‘risida so‘zlab berishdi.
Suhbat davomida ikki tomon aloqalaridagi ma’lum muddat to’xtalishdan so’ng shakllanayotgan hamkorlikning kun tartibiga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.