Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Hunaridan zar topayotganlar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Hunaridan zar topayotganlar

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan hunarmandlikni rivojlantirish, bu sohaga yoshlarni keng jalb etishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida Andijon viloyatida ham mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanayotganlar safi tobora kengayib bormoqda.

Bunda Prezidentimizning 2010-yil 30-martdagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni muhim ahamiyat kasb etayotir.

Oltinko‘l tumanidagi “Ayshaxonim” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Karimjon ota Qobulov o‘z hunari ortidan hurmat va e’zoz topgan yurtdoshlarimizdan. Mabodo, shu tomonlarga yo‘lingiz tushib, “tandirchilar oilasi”ni so‘rasangiz, “Ha-a, Karimjon otami, u kishini hamma biladi”, deb, mamnuniyat bilan manzilni ko‘rsatib qo‘yadi.

Bu yil o‘zining sakson yoshini qarshilayotgan Karimjon otaning bolaligi ayni Ikkinchi jahon urushi yillariga to‘g‘ri keldi. Turmush tashvishlarini erta yelkasiga olishga majbur bo‘lgan Karimjon ustaga shogird tushib, tandir tayyorlashni o‘rganib oldi.

– Tandir tayyorlash mashaqqatli ish, – deydi Karimjon ota. – Maxsus tuproqdan loy tayyorlash, uni pishitish ko‘p kuch va vaqt talab etadi. Har bir jarayon puxta, me’yorida, ma’lum bir vaqtda bajarilmasa, mahsulot sifatiga ta’sir qiladi.

Darhaqiqat, tandirning sifatli bo‘lishi ko‘p jihatdan ustaning mahorat va tajribasiga bog‘liq. Usta tayyorlayotgan tandirlar sifati va uzoq xizmat qilishi bilan, mana, necha o‘n yillarki, barchaga manzur bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda uning ustaxonasida novvoy tandiri, uy tandiri, yer tandiri singari o‘nga yaqin turda tandir tayyorlanmoqda. Hatto qo‘shni viloyatlardan ham otaga tez-tez buyurtma kelib turadi.

– Mamlakatimizda bugun biz, hunarmandlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi otaxon. – Bir paytlar bu hunarni eskilik sarqiti, deb ta’qiqlashgan, shunday bo‘lsa-da, yashirin holatda baribir qilaverardik. Elchilik-da, odamlarning o‘zi iltimos qilib kelardi, qo‘lingdan kelgan narsaga yo‘q deyish qiyin. Qandaydir yo‘llar bilan bilib olib, hovlimizdagi kichkina ustaxonani buzib ketgan hollar ham bo‘lgan. Shukrki, mustaqillik tufayli hunarmandlar yuzaga chiqdi, emin-erkin ishlashi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar, hatto soliq to‘lovlarida imtiyozlar yaratildi. Hunarim ortidan kam bo‘lmadim. O‘n farzandni uyli-joyli qildim, elga qo‘shdim. Zamonaviy uylar qurib, to‘ylar qilmoqdamiz, mashinalar oldik. Shunday kunlarga yetkazganiga beadad shukr.

Bugun o‘g‘illari, nabiralari va o‘ndan ziyod shogirdi ustaning hunarini davom ettirmoqda.

– Mahalla ahli Karimjon ota kabi hunarmandlardan minnatdor, – deydi “Ayshaxonim” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Odil Mo‘minov. – O‘nlab yoshlar u kishining ustaxonasida “ustoz-shogird” an’analari asosida hunar o‘rganmoqda, eng muhimi, vaqtini mazmunli o‘tkazish bilan birga, oilasiga manfaat keltirmoqda. Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning samarasidir.

www.uza.uz