HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH E’TIBORDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunining Toshkent viloyati ichki ishlar idoralaridagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mas’ul xodimlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi qonun asosida hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirilgani bu boradagi ishlar samarasini oshirayotir. Toshkent viloyati ichki ishlar idoralari tizimida qonun ijrosi izchil ta’minlanmoqda. Huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlariga qariyb olti yarim mingga yaqin taqdimnoma kiritilgan.
– Viloyatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, – deydi Toshkent viloyati IIB huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi boshlig‘i Shavkat Fayziyev. – Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, chegara hududlarda yashayotgan aholining huquqiy ongi va hushyorligini oshirish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etilayotir.
Tadbirda qonun ijrosi doirasida qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.
O’zA