Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

I MILLIY SIMFONIK OPEN AIR TARZIDA TASHKIL ETILGAN MUSIQIY KECHA SAN’AT IXLOSMANDLARI UCHUN CHINAKAM TUHFA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
I MILLIY SIMFONIK OPEN AIR TARZIDA TASHKIL ETILGAN MUSIQIY KECHA SAN'AT IXLOSMANDLARI UCHUN CHINAKAM TUHFA

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida mazkur teatrning yangi 88-ijodiy mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ochiq osmon ostidagi konsert – I Milliy simfonik OPEN AIR tarzida tashkil etilgan ushbu musiqiy kecha yurtdoshlarimiz, xorijlik mehmonlar, san’at ixlosmandlari uchun chinakam tuhfa bo‘ldi.

Mamlakatimizda musiqa san’atining barcha tur va yo‘nalishlarini ravnaq toptirish, ularni yangi an’analar bilan yanada boyitish, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodning ma’naviyati, musiqiy, badiiy-estetik didini yuksaltirish masalalariga doimiy e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvi chog‘ida yoshlarni vatanparvarlik, yurtga, xalqiga sodiqlik, fidoyilik ruhida tarbiyalashda, ularning ma’naviyatini yot g‘oyalardan asrashda ijodkor ziyolilar zimmasidagi ulkan vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur uchrashuv ko‘plab ijodiy jamoalar singari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat katta teatrining yanada ravnaq topishi yo‘lida ham yangi istiqbollarni ochib berdi. Ayni jihatlar etakchi ijodiy tashkilotlarning "do‘stlari klubi"ning tashkil etilishi, ularga yurtimizning yirik kompaniya, bank va korxonalarining homiy sifatida biriktirib qo‘yilishi, doimiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.

Ulug‘ alloma bobomiz nomi bilan yuritiluvchi ushbu teatr nainki mamlakatimiz, balki xalqaro miqyosda ham e’tibor qozongan ijodiy jamoa. Katta teatrning opera va balet spektakllari, konsert dasturlari, san’at festivallari musiqa san’ati muxlislarining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Shu bilan birga AQSh, Italiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning san’atkorlari, ijodiy teatrlari bilan hamkorlikdagi loyihalari yurtimiz madaniy hayotida yorqin voqealar sifatida e’tirof etilgan.

...Teatrning so‘lim va fayzli maydoni oqshom chog‘i turli yoritish uskunalari, dekoratsiyalar, maxsus lazer texnologiyalar, kamalakrang tusdagi favvora fonida mutlaqo o‘zgacha, yanada shukuhli, jozibali, maftunkor, ertakona qiyofa kasb etgan. Salqin shabada, musiqaning ilohiy ta’sir kuchi bu maskanga yanada o‘zgacha ijodiy muhit bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr tomonidan "TOP Congress" kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan OPEN AIR musiqiy dasturi yangi 88-teatr mavsumini ochib beradi.

O‘ziga xos va betakror ijodiy yondashuv asosida tayyorlangan mazkur musiqiy dasturda istiqlol yillarida milliy musiqa, teatr, opera va balet, dizaynga oid san’atimizning ilg‘or yutuqlari namoyish etildi. Uning ochiq osmon ostida tashkil etilgani esa musiqaning bebaho namunalaridan, jahon va o‘zbek kompozitorlarining durdona asarlaridan tobora ko‘proq odamlarning bahra olishiga imkon beradi. Bugungi kunda jahonning qator davlatlarida musiqiy dasturni tomoshabinlarga taqdim etishning bunday ilg‘or shakli - ochiq osmon ostidagi OPEN AIR shoularini o‘tkazish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda.

– Mamlakatimizda ijod ahliga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor san’atkorlarni yanada ko‘proq izlanishga chorlamoqda, – deydi teatr dirijyori Bobomurod Xudoyqulov. - Bundan amaliy g‘amxo‘rliklardan ko‘nglimiz tog‘dek o‘sdi. Ikki kun davom etadigan musiqiy dastur tomoshabinlar, yurtimiz mehmonlari uchun betakror sovg‘a bo‘lishiga umid qilamiz.

Jo‘shqin milliy ariyalar, nafis valslar, bashariyat mulkiga aylangan musiqiy asarlar, operalardan namunalar tomoshabin ruhiyati yuksaklarga ko‘tardi. Muxlislar olqishining nihoyasi yo‘q... Barchaning dilida yagona tilak - "Tinch, osuda, farovon ona-O‘zbekistonimizda musiqaning dilbar ohanglari yangrayversin!"

O‘zA