Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

IBN SINO MEROSI: ZAMONAVIY TIBBIYOT VA AMALIYOT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
IBN SINO MEROSI: ZAMONAVIY TIBBIYOT VA AMALIYOT

Buxoroda “Ibn Sino ilmiy merosi va zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusidaxalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Ibn Sino jamoat fondi, Buxoro viloyati hokimligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizdagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talabalar, tibbiyot muassasalari mas’ul xodimlari, Germaniya, Fransiya, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xudoyorov, Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.Zokirxo‘jayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Zamonaviy tibbiyot taraqqiyotida buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi alohida ahamiyatga ega. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino ana shunday ulug‘ zotlardan biri.

– Ilmiy-tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot tibbiyot, falsafa, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga oid 450 dan ortiq asar yaratgan. Ularning 242 tasi bizgacha yetib kelgan, – deydi Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi Sh.Zokirxo‘jayev. – Jahon ilm-fani rivojiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan bu durdona asarlar hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida tibbiyot taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan. Ushbu asarda buyuk olim amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos solgan. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2014-yil may oyida Samarqandda tashkil etilgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda ham bu alohida ta’kidlandi. Biz Ibn Sino merosini o‘rganish, targ‘ib etish borasida dunyoning ko‘plab mamlakatlari olimlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz.

Konferensiyada Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosi va uning bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

– Hindistonda buyuk olim Abu Ali ibn Sino ilmiy merosi katta qiziqish bilan o‘rganiladi, – deydi Hindistondagi Ibn Sino akademiyasi prezidenti, professor Said Zullur Rexman. – Akademiyamiz Ibn Sino asarlarini chuqur tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Mening bu boradagi ilmiy izlanishlarim 200 dan ziyod maqolalarda jamlangan. Ibn Sino merosi misoli dengiz ostidagi xazinaga o‘xshaydi – qancha chuqur sho‘ng‘isang, shuncha dur topaverasan. Biz Ibn Sino merosini o‘rganayotgan va targ‘ib qilayotgan jahonning o‘nlab mamlakatlaridagi jamg‘arma va markazlar bilan hamkorlikda ish olib boramiz. O‘zbekistondagi Ibn Sino jamoat fondi bilan anglashuv memorandumi imzolangan. Bunday o‘zaro ilmiy hamkorlik olib borilayotgan tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir. O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida ajdodlar merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilishga, qadimiy obidalarni tiklash va obodonlashtirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor tahsinga loyiq. Tibbiyot ilmining sultoni tug‘ilgan Afshona qishlog‘ida buyuk olimning memorial muzeyi tashkil etilgani, uning yonida tibbiyot kolleji faoliyat yuritayotgani nazariya bilan amaliyotning uyg‘unligiday tuyuldi menga.

“Tib qonunlari”da kasalliklarning kelib chiqish sabablari, sog‘lom turmush tarzi, oddiy dori va ularning ta’siri, bosh miya, ichki va harakat a’zolari, bezlar holati, kasallikning og‘ir kechishi sabablari, yuqumli xastaliklar, o‘sma, yallig‘lanish, bo‘g‘in va suyaklardagi og‘riqlar, dori turlari va ularning tayyorlanishi, shifobaxsh xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan.

Anjumanda Abu Ali ibn Sino ta’limotining bugungi zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, olimning jigar kasalliklari, gematologiya, xalq tabobati, jarrohlik borasidagi qarashlari, yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq mavzular xususida fikr almashildi.

Shveytsariyaning “Eur Asia Heart” tibbiyot jamg‘armasi raisi Paul Robert Vogt, Fransiya tibbiyot akademiyasi faxriy bosh kotibi Raymond Akdailu Ibn Sinoning zamonaviy tibbiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, uning qarashlari neonatal kardioxirurgiya rivojida muhim ahamiyatga ega ekani, “Tib qonunlari” asarida taklif etilgan davolash usullarining shakllari hamon dolzarbligicha qolayotganini alohida ta’kidladi.

– Zamonaviy tibbiyot jadal rivojlangan, davolashning ilg‘or texnologiyalari joriy etilgan bugungi kunda ham Ibn Sino merosiga ehtiyoj susaygani yo‘q, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi A.Ubaydullayev. – Bobokalonimiz har bir kasallikning oldini olish va davolash usullarini batafsil bayon etgan. Turli mamlakatlardan kelgan olimlar, amaliyotchi shifokorlar buni alohida e’tirof etmoqda.

Konferensiya doirasida xorijlik olimlar tshtirokida amaliyotchi shifokorlar va talabalar uchun zamonaviy tibbiyotning dolzarb masalalari, kardiologiya, katarakta muammolari, xalq tabobati, jigar kasalliklarida transplantatsiya mavzulari bo‘yicha davra suhbatlari, mahorat darslari va seminarlar tashkil etildi.

Anjuman qatnashchilari Abu Ali ibn Sino tavallud topgan Afshona qishlog‘ida bo‘lib, uning haykali poyiga gullar qo‘ydi. Buyuk qomusiy alloma hayoti va faoliyatiga doir ko‘plab tarixiy eksponatlar jamlangan memorial-muzeyni tomosha qildi.

Konferensiyada Buxoro viloyati hokimi M.Esonov so‘zga chiqdi.

O‘zA