Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ichki ishlar vaziri: Jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yangi tizim joriy etildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Ichki ishlar vaziri: Jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yangi tizim joriy etildi

Natijada joriy yilning I choragida jinoyatchilik oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 31,6 foizga kamaydi, mahallalarning 78 foizida jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining qabul qilinishi jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichini belgilab berdi.

Ichki ishlar organlari tomonidan shu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida OʻzA muxbiri Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov bilan suhbatlashdi.

– Mazkur qarorga asosan, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan yangi tizim joriy etildi, – deydi P.Bobojonov. – Yaʼni, har bir hududda sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha kunlik tezkor maʼlumotlarni hokimliklar tomonidan koʻrib chiqish va ularning barvaqt oldini olish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun taqdim etib borilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari har kuni oʻziga tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishadi va birinchi navbatda hududda sodir etilgan ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini oʻrganadi hamda ularning salbiy oqibatlariga barham berish borasida taʼsirchan choralarni koʻrib, mazkur yoʻnalishda shaxsiy nazorat oʻrnatishi yoʻlga qoʻyildi.

Respublika hududlari jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yangicha tizim asosida Ichki ishlar vaziri, Bosh prokurori va Milliy gvardiya qoʻmondoniga biriktirilib, ular tomonidan kundalik ravishda biriktirilgan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, bu borada hududiy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilikning birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Chilonzor tumani;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga – Andijon, Namangan, Toshkent va Fargʻona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrining Olmazor tumani;

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga – Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari biriktirildi.

Har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining majlislarida hisobot davri yakuniga koʻra, jamoat xavfsizligini taʼminlash natijalarining tahlili asosida, oʻziga tegishli hududda sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularning oldini olish borasida huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning ahvoli tanqidiy koʻrib chiqilishi joriy etildi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi yangi tizimga asosan, endilikda oʻziga biriktirilgan hududda jinoyatchilik kamaygan, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini oʻz vaqtida koʻrgan mahalla fuqarolar yigʻini raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida oʻrnak koʻrsatgan aʼzolari muntazam ravishda moddiy ragʻbatlantirib boriladi.

Joriy yilning 3 oyida 4 mingdan ortiq xodim ragʻbatlantirildi. Ulardan 3 ming 347 nafarini profilaktika inspektori, 405 nafari mahalla fuqarolar yigʻini raisi va 101 nafari mahalla faoli, 330 nafarini “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi aʼzosi, 48 nafarini “Fidokor yoshlar” patrullik guruhi aʼzosi va 67 nafarini fuqarolar tashkil etdi.

Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash hamda jinoyatchilikni barvaqt jilovlash boʻyicha yangi tizim asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 3 oyida respublika hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 3 ming 43 taga yoki 31,6 foizga, jinoyat qidiruv yoʻnalishidagi jinoyatlar soni 2 ming 578taga yoki 40,8 foizga kamayishiga erishildi. Shuningdek, 9 ming 22 mahalladan 7 ming 38 tasida yoki 78 foizida jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi.

– Yoshlar masalasi, ularning tarbiyasi dolzarb hisoblanadi. Ular oʻrtasida huquqbuzarliklar sodir etilishiningoldini olish borasida qanday natijalarga erishildi?

– Yoshlarni va voyaga yetmagan shaxslarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, oʻsib kelayotgan avlodni diniy ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish ichki ishlar organlari oldida turgan eng muhim yoʻnalishlardan biridir. Bugungi kunda, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini taʼminlash hamda jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash dolzarb vazifa.

Ayniqsa, sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyati yoshlarning hissasiga toʻgʻri kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Bu kabi holatlarning sodir etilish sabablari hamda ularni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kechiktirib boʻlmaydigan masaladir.

Shu sababli joriy yilda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilayotgan jinoyatlarni mahallalar, taʼlim muassasalarida muhokama qilish, targʻibot-tashviqot tadbirlari kuchaytirilib, yoshlar orasida 48 mingdan ortiq davra suhbati va uchrashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda uning hududiy kengashlari bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar tomonidan turli koʻrinishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularning bandligini taʼminlash uchun qator tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 221 ming 980 nafar bandligi taʼminlanmagan yoshlar kasb-hunar oʻrganishlari uchun oʻqitildi. Shuningdek, 29 ming 450 nafari hunarmandlikka, 31 ming 628 nafari kasanachilikka jalb etilib, 37 ming 856 nafari mehnat yarmarkalari orqali ishga joylashtirildi. Bundan tashqari, 21 ming 20 nafar yoshlarga “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yer ajratildi. 13 ming 437 nafari dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlariga jalb qilinib, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi orqali 66 ming 475 nafarining bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ishga joylashtirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oʻz-oʻzini band qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida barcha tuman, shaharlarda “Yoshlar bandligiga koʻmaklashish haftaligi” oʻtkazildi.

Bugungi kunda hududlarda jami 9 ming 85 “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etilib, ularga 33 mingdan ortiq yoshlar aʼzolikka qabul qilindi. Ular orasidan oʻzini ijobiy tomondan namoyon etib kelayotganlarini ragʻbatlantirish maqsadida profilaktika inspektorlari tomonidan kiritilgan qariyb 4 ming tavsiyanoma asosida 2 ming 358 nafari muddatli harbiy xizmatga yuborildi. 448 nafari ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilindi hamda 48 nafari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida yoshlar (18-30 yosh) jinoyatchiligi joriy yilning 3 oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 39,5 foizga kamayishiga, jinoyat sodir etgan kollej va litsey oʻquvchilari soni 59,2 foizga kamayishiga erishildi.

– Koʻp hollarda oddiy maishiy muammo yoki oilaviy mojaro tufayli jinoyat sodir etilishi tez-tez uchrayotgani sir emas.Profilaktika inspektorlari hududdagi barcha oilalarga kirib bora olayaptimi? Ular bilan qanday ishlar olib borilmoqda?

– Haqiqatdan ham sodir etilayotgan aksariyat ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar oila-turmush munosabatlari doirasida yuzaga kelmoqda. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2019 yil 20 fevraldan 20 martga qadar keng jamoatchilik bilan hamkorlikda “Turmush” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirda ichki ishlar xodimlari va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalar hamda fuqarolik jamiyati instituti vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan oilalar oʻrganilib, muammolar bartaraf etildi. Sogʻlom turmush tarziga qaytgan oilalar ichki ishlar organlari profilaktik hisobidan chiqarildi.

Oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etganligi uchun ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan shaxslarning 2 mingdan ortigʻiga moddiy yordam koʻrsatilib, 1 ming 746 nafarining bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlikda huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori boʻlgan oilalar oʻrganildi. Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqaror boʻlishiga erishish maqsadida mutasaddi idoralar vakillari va faollar bilan hamkorlikda mahallalarda muhokamalar oʻtkazildi.

Profilaktika inspektorlari mahallalardagi “Yarashtirish komissiyalari”ga muhokama qilish uchun 8 ming 285 hujjat taqdim etgan boʻlsa, natijada 5 mingdan ortiq oiladagi notinchlikka barham berildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilgan qotillik jinoyati 41 tadan 34 taga, qasddan badanga yengil, oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish jinoyati 127 tadan 74 taga kamayishiga erishildi.

– Yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash ishlari qay ahvolda?

– Jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Shu yilning birinchi choragida qariyb 1,5 millionga yaqin yoʻl harakati qoidabuzarligi aniqlandi. Ular orasida 9,5 mingdan ortiq mast haydovchi, 100 mingdan ziyod qoidabuzar piyoda bor.

Shuningdek, umumfoydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllarini, temir yoʻl kesishmalarini, sunʼiy inshootlarni va ichki xoʻjalik yoʻllarini saqlash, transport vositalari va piyodalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida yoʻl belgilari oʻrnatildi, eskirgan yoʻl belgilari yangisiga almashtirildi. Tahlil asosida umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarining 21 joyida yoʻl-transport hodisasi oʻchoqlari aniqlanib, ulardan 14 tasi bartaraf etildi.

Korxona va tashkilotlar, avtoxoʻjaliklarda, maktablarda, maktabgacha taʼlim muassasalarida va mahallalarda yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida suhbat va yigʻilishlar oʻtkazildi.

Bundan tashqari, transport vositalari serqatnov boʻlgan umumfoydalanuv avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qatnashchilarini hushyorlik va sergaklikka chaqiruvchi 3 ming 247 dona panno va shiorlar oʻrnatildi hamda 39 ming 692 dona buklet va eslatmalar tarqatildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 3 oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan umumiy yoʻl-transport hodisalari 25,3 foizga, unda halok boʻlganlar soni 14,7 foizga, jarohatlanganlar soni 27,7 foizga kamayishiga erishildi.

Shuningdek, bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari soni 29 foizga, haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTH 29,9 foizga, mast holdagi haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTH 33,3 foizga, piyodalar ishtirokidagi YTH 33,1 foizga kamaydi.

Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq soha va tizimlarda yuqorida qayd etilganidek muayyan koʻrsatkichlarga erishilmoqda. Lekin amalga oshiriladigan ishlar hali koʻp. Bu borada biz, albatta, keng jamoatchilikka, xalqimizga suyanamiz. Jinoyat va huquqbuzarliklarga nisbatan har birimiz murosasiz boʻlsak, jamiyat muhiti sogʻlomlashib va barqarorlashib boraveradi.

N.Abduraimova, OʻzAIchki ishlar vaziri: Jinoyatchilikni jilovlash boʻyicha yangi tizim joriy etildi.

OʻzA