Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ichki ishlar vaziri: tezkor vaziyatga samarali taʼsir qiladigan tizim yaratildi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
Ichki ishlar vaziri: tezkor vaziyatga samarali taʼsir qiladigan tizim yaratildi

25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni mamlakatimizda keng nishonlandi.

Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida tashkil etilgan tantanali tadbirda soha xodimlari, faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov soha vakillarini kasb bayrami bilan qutlar ekan, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar qanday samara berayotganini xususida toʻxtaldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nafaqat xalqimizning tinch va xotirjam hayot kechirishi, balki davlatdan rozi boʻlib yashashi uchun ham ichki ishlar organlari nafaqat zamonaviy, balki xalqchil tizimga aylanishi shartligini vazifa qilib qoʻygan.

Ushbu maqsad yoʻlida ichki ishlar organlari barcha xizmatlari, jumladan, profilaktika, tezkor-qidiruv, tergov, yoʻl harakati xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, qoʻriqlash, patrul-post xizmatlari keyingi bir yilda tubdan takomillashtirildi.

Tizimni nafaqat jismonan, balki maʼnan yetuk kadrlar bilan toʻldirishga eʼtibor kuchaytirildi. Ichki ishlar organlari xodimlarining aholi hamda oʻzini oʻzi boshqarish idoralari bilan hamkorligi yanada mustahkamlandi.

“Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm” konsepsiyalari hayotga tatbiq etilgani, jinoyatlardan xoli hududlarni koʻpaytirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli yurtimizda osoyishtalik yanada mustahkamlandi. Jinoyatchilik 36,4 foizga kamaygani, oʻn mingga yaqin mahallaning 34 foizida umuman jinoyat sodir etilmagani buning isbotidir.

Vazirning qayd etishicha, bugungi kunda tezkor vaziyatga samarali taʼsir qiladigan tizim yaratildi.

Buning mohiyati shundaki, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarni, bajarilayotgan ishlar muhimligi va koʻlamini eʼtiborga olgan holda ichki ishlar organlari barcha darajadagi boʻlinmalarining vazifa va funksiyalari aniq belgilandi. Tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish, kuch va vositalardan oqilona foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

Nafaqat jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, balki ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Ichki ishlar organlarining barcha boʻlinmalari faoliyati yanada samarali boʻlishi uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlandi.

Ichki ishlar organlari xodimlari bulardan unumli foydalanish bilan birga, zimmasiga qoʻyilgan masʼuliyatni anglagan holda faoliyat yuritayotir.

El-yurtimiz osoyishtaligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshayotgan soha xodimlarining fidokorona xizmati davlatimiz tomonidan doim munosib ragʻbatlantirilmoqda.

Davlatimiz rahbari kuni kecha imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmon buning yaqqol tasdigʻidir.

Tadbirda Vatanimizning yuksak mukofotlari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

– Kasb bayramimiz munosabati bilan hamkasblarimizning yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangani sohamizga boʻlgan yuksak eʼtibor va ishonch ifodasidir, – deydi “Sodiq xizmatlari uchun“ medali sohibi, Fargʻona viloyati Margʻilon shahar ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori Aʼzamjon Xolmirzayev. – Ana shu ishonchni oqlash, xalqimiz tinchligi, mamlakatimiz osoyishtaligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilamiz.

Tadbirga sanʼatkorlarning konsert dasturi bayramona ruh bagʻishladi.

www.uza.uz