ICTWEEK UZBEKISTAN – 2015
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

ICTWEEK Uzbekistan - 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 14-18-sentabr kunlari bo’lib o’tadi, deb xabar beradi infocom.uz. Bu yilgi haftalik bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni o’zida birlashtirgan bo’lib, ularning ba’zilari ilk bor o’tkaziladi.
ICTEXPO 2015 ko’rgazmasi misli ko’rilmagan ko’lamda bo’lib o’tadi - unda 2000 kvadrat metr maydonda 150 kompaniya o’z mahsulot va xizmatlarini namoyish etadi. Ko’rgazma Toshkentda (15-17-sentabrda) va Samarqandda (15-16-sentabrda) bo’lib o’tadi. Unga 30 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.
Ilk bor tashkil etilayotgan ICTFORUM 2015 forumi esa (16-17-sentabrda o’tkaziladi) AKT rivojlanishi tamoyillarini muhokama qilish uchun o’ziga xos ekspert maydonchasiga aylanishi taxmin qilinmoqda. U blokli konferensiyalar (eGovernment Uzbekistan, BestSoft Uzbekistan, Startup Conference, «AKT va turizm»), shu’bali majlislar («Telekommunikatsiyalar va infratuzilma», «Internet va axborot resurslari», «Axborot xavfsizligi»), mahorat mashғulolari va muhokamalar ko’rinishida o’tkaziladi.
AKT bo’yicha an’anaviy ICTSUMMIT 2015 (18-sentabrda o’tkaziladi) sammiti esa sohaning yillik rivoji sarhisobini o’tkazadi va kelajakka doir strategik vazifalarni muhokama qiladi. Sammitda davlat organlari, IT-korxonalar va tashkilotlar, xalqaro ekspertlar va jahon kompaniyalari vakillari ishtirok etadi.
ICTEXPO 2015 doirasida 15-17-sentabr kunlari gadjetlar yarmarkasi - Gadget Fair bo’lib o’tadi. Yarmarka mehmonlari yangi qurilmalarni sotib olishlari mumkin bo’ladi.
AKT haftaligi doirasida LG CNS Uzbekistan qo’shma korxonasining ochilish marosimi, BestSoft Challenge dasturchilar tanlovi, ochiq ma’lumotlar bo’yicha xakaton (Data.gov.uz Hackathon), Intellec2All IT-loyihalar respublika konkursi, MIT.UZ yoshlar internet-tanlovi, shuningdek, UCG FIFA kiberfutboli bo’yicha O’zbekiston Kubogi kabi qator diqqatga molik voqyealar bo’lib o’tadi.
ICTWEEK Uzbekistan 2015’ning rasmiy sayti (www.ictweek.uz) orqali tadbirda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish va haftalik voqyealari haqida batafsil axborotlarni olish mumkin.
ICTWEEK haftaligi O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magida o’tkaziladi. O’zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda ICTNEWS nashri haftalik tashkilotchilari hisoblanadi.
“Jahon” AA