IHT BOSH KOTIBI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi doirasida 18-oktabr kuni Toshkent shahrida ochiladigan TIVKning 43-sessiyasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida vazirlar uchrashuvi kun tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi hamda bo‘lajak forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlandi.