IJODKOR BOLALAR KO‘RGAZMASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Biz baxtli bolalarmiz” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada Yakkasaroy tumani “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi a’zolarining tasviriy va amaliy san’at namunalari namoyish qilindi.
Mamlakatimizda iste’dodli o‘g‘il-qizlarni aniqlash, ularning har tomonlama kamol topishiga yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida o‘quvchi-yoshlar turli ko‘rgazmalar, biyennalelar, san’at festivallarida muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Ko‘rgazmada markaz a’zolarining rassomlik, zardo‘zlik, miniatyura, kulolchilik, munchoqli bezak san’ati kabi yo‘nalishlarda yaratgan ijod namunalari ixlosmandlar e’tiboriga havola etildi. Mazkur ijodiy ishlarda Vatanimizda yosh avlod istiqboli, ta’lim-tarbiyasi, salomatligi yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr-e’tibor o‘ziga xos tarzda aks ettirilgan.
Jahon AA