Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ijtimoiy infratuzilma rivojlantiriladi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
Ijtimoiy infratuzilma rivojlantiriladi

Prezidentimiz Jizzax shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasida bo‘lib, hududda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar, obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi.

Jizzax shahrini obodonlashtirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlangan. Shahar bosh rejasiga ko‘ra, Kimyogar, Ittifoq mahallalarida, Mustaqillik ko‘chasida 5 va 7 qavatli uylar quriladi, ular atrofida savdo majmualari, klinika, mehmonxona hamda mahalla idoralari qad rostlaydi. Ayni paytda qurilish boshlab yuborilgan. Ular 2022 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Jizzaxda turizmni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat, qulay tabiiy sharoit mavjud. Sayyohlarda dastlabki taassurot esa shahar temir yo‘l vokzalidan boshlanishi tabiiy.

Shu maqsadda Jizzax temir yo‘l vokzali tubdan rekonstruksiya qilindi. Barcha zarur sharoitlar yaratilgan vokzaldan chiqishingiz bilan Mirzo Ulug‘bek mahallasi boshlanadi.

Bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda.

Xususan, vokzal va Toshkent ko‘chasini birlashtiruvchi hududda 13 ta 894 xonadonga mo‘ljallangan 7 qavatli uy qurilmoqda. Bu uylar yangi ko‘chaning ikki chetida joylashadi, atrofi obodonlashtirilib, o‘ziga xos chiroyli landshaft hosil qiladi.

Jizzax shahrida viloyat qo‘g‘irchoq teatri quriladi. 250 yosh tomoshabinga mo‘ljallangan mazkur maskan joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi maqsad qilingan.

Buning uchun 12 milliard 700 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Davlatimiz rahbariga viloyat aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, shahar oqova suv tizimini yaxshilash borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash eng muhim masalalardan biri ekanini ta’kidladi. Rejadagi ishlarni tez va sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Loyihalar taqdimotida mamlakatimiz avtomobil yo‘llari atrofini ko‘kalamzorlashtirish, yo‘lbo‘yi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari Jizzax shahridagi 3-sonli ichki ishlar bo‘limida ham bo‘lib, o‘tgan yilgi topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi.

www.president.uz