IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH – DOLZARB MASALA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi kengaytirilgan yig‘ilishida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va uning maqbulligi masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda deputatlar, vazirlik va idoralar, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamg‘armasi, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va boshqa jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari X.Ketmonov va boshqalar mamlakatimizda aholi qatlamlari uchun teng sharoitlar yaratish, kam ta’minlangan fuqarolarga ijtimoiy va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Tadbirda jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarning ijtimoiy infratuzilmalardan, shu jumladan, turar joy va ijtimoiy binolardan, transport kommunikatsiyalaridan to‘siqsiz foydalanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholi punktlari, bino va inshootlarni jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga moslashtirib loyihalashtirish zarurligi qayd etildi.
Yig‘ilish ishtirokchilari imtiyozli va bepul asosda malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishi masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi to‘g‘risida taklif bildirdi. Bu borada joriy yilning 11-aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi qonunida ko‘zda tutilgan parlament nazorati shakllaridan keng foydalanish, deputatlik korpusi, ijro etuvchi hokimiyat va nodavlat notijorat tashkilotlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.
O’zA