Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Ikki mamlakat ishbilarmonlarining biznes-forumi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Ikki mamlakat ishbilarmonlarining biznes-forumi

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisining mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida 5 sentyabr kuni Oʻzbekiston va Misr ishbilarmon doiralarining biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Unda ikki mamlakatning iqtisodiyot, investitsiya, bank-moliya, savdo-sanoat, turizm, logistika, energetika, elektrotexnika, oziq-ovqat, kimyo, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, toʻqimachilik kabi sohalar uchun masʼul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov, Misr investitsiya va xalqaro hamkorlik vaziri maslahatchisi Reda Bebars va boshqalar Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochilayotganini taʼkidladi. Misr Arab Respublikasi Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston bilan Misr oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilda oʻrnatilgan. Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida, Iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida, shuningdek, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi hukumatlararo kelishuvlar savdo-iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil qiladi.

Joriy yil avgust oyida tashqi savdo vaziri J.Xoʻjayev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni davom ettirish sari qadam boʻldi. Unda sayyohlik, qurilish, farmatsevtika, neft-kimyo sanoati sohasi vakillari ishtirokidagi qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.

Ishbilarmon doiralarning mazkur biznes-forumi ushbu muloqotning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Forum doirasida mehmonlarga mamlakatimizda ishlab chiqarishni erkinlashtirish, erkin iqtisodiy zonalarda investorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida soʻzlab berildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida muhim maʼlumotlar berildi hamda mavjud iqtisodiy imkoniyatlar taqdimoti oʻtkazildi.

– Oʻzbekiston tabiiy resurslarga boy, mamlakatingizda sanoatni va ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar bajarilmoqda, – dedi Afrika eksport-import bankining Moliya, maʼmuriy va bank xizmatlari boʻyicha vitse-prezidenti Denis Denya (Misr). – Faol investitsiya siyosati va tashqi savdoni erkinlashtirishdagi saʼy-harakatlar bugun xalqaro tashkilotlar tomonidan munosib eʼtirof etilmoqda. Bankimiz Misr va Afrikaning qator davlatlarida oʻz xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Bugungi biznes-forum doirasida investitsiya jalb qilish, sarmoyadorlarga ishonchli va kafolatli bank xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻzbekistonlik hamkasblarimiz bilan muzokara olib bordik. Uchrashuv yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan 50 million AQSH dollari miqdoridagi kelishuvga erishdik.

Biznes muloqotda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlarini Misrga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Oʻz navbatida, Misrning yurtimizga tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, toʻqimachilik, raqamli xizmatlar, qurilish mollari, charm-attorlik va plastik mahsulotlarni Oʻzbekistonga yetkazib berish imkoniyatlari yuqori baholandi.

Tadbirda savdo-iqtisodiy, bank-moliya, elektronika, farmatsevtika mahsulotlari eksport-importiga oid qator istiqbolli shartnomalar imzolandi.

Anjuman doirasida ikki mamlakat tadbirkorlarining B2B formatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Muzokara yakuni boʻyicha qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda manfaatli shartnomalar imzolashni nazarda tutuvchi foydali kelishuvlarga erishildi.

www.prezident.uz