ILMIY-AMALIY ANJUMAN
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviy merosning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari A.Mirzayev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan, yuksak mahorat va ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega harbiy kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Oliy harbiy bilim yurtlarida kursantlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida turli seminar-treninglar tashkil etilmoqda. Harbiy kadrlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun yaratilayotgan o‘quv qo‘llanmalar ularning zamonaviy, chuqur bilim olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Anjumanda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’naviy-axloqiy merosning o‘rni, harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda buyuk allomalar merosidan foydalanish, o‘zbek xalqi ma’naviy axloqiy merosida harbiy vatanparvarlik g‘oyalarining talqini kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
"Jahon" AA