ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, akademik Aziz Qayumov tavalludining 90 yilligi munosabati ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2016 yil 21 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida adabiyotshunos, manbashunos, O‘zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov tavalludining 90 yilligi munosabati ilmiy-amaliy konferensiya va kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda adabiyotshunos, navoiyshunos, tilshunos olimlar, adiblar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
F.f.d. Q.Sodiqov akademik A.Qayumovning O‘zbekiston FA Qo‘lyozmalar institutidagi faoliyati, uning rahbarligi ostida nashr etilgan Alisher Navoiy to‘plamlarini va islomgacha bo‘lgan davr qo‘lyozmalarini o‘rganishga qaratilgan e’tiborini alohida ta’kidladi. Konferensiyada A.Qayumovning o‘zbek mumtoz she’riyati vakillari ijodi, Qo‘qon va Andijon adabiy muhiti borasida olib borgan ilmiy izlanishlari, turkiyshunos olim, Aziziy tahallusi ostida yozgan she’rlari va uning rahbarligida nashr etilgan “Zaxiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” haqida so‘zladilar.
Ilmiy anjuman doirasida Aziz Qayumov ilmiy ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Maxmur”, “Hoziq”, “G‘oziy”, “Qo‘qon adabiy muhiti”, “Qadimiyat obidalari”, “Beruniy va adabiy ijod”, “Ishq vodiysi chechaklari”, “Ibn Sino va Beruniy” kabi ilmiy asarlari, Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini o‘rganishda muhim o‘rin tutgan “Sa’ddi Iskandariy”, “Alisher Navoiy”, “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin sirlari”, shuningdek, “Nodir sahifalar”, “Bu ohang ila bo‘lg‘aysen Naqshband”, “Bobur davridagi Andijon adabiy muhiti”, “Xoja Yusuf Andijoniy” kabi asarlari o‘rin olgan. Bu ko‘rgazmada adabiyotshunos va manbashunos olim Aziz Qayumovning 10 jildlik “Asarlar”i, “O‘zbekiston akademiklari” nomli kitoblari va uning rahbarligi ostida “Zaxiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi” va gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar taqdim etilgan.
Konferensiya ishtirokchilari undan katta taassurot oldilar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashkil etilgan tadbir uchun minnatdorchilik bildirdilar.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi matbuot xizmati