Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ILMIY MANBALAR – SAMARALI TADQIQOTLAR ASOSI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ILMIY MANBALAR – SAMARALI TADQIQOTLAR ASOSI

Poytaxtimizdagi Xalqaro biznes markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ilmiy manbalardan foydalanish va nashr ettirish mavzuida ilmiy forum o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda olimlar, yosh tadqiqotchilar, pedagoglar, axborot-kutubxona muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari B.Usmonov, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xo‘jayev, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi mas’ul kotibi A.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 24-iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni sohani xalqaro talablar asosida rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Farmonga muvofiq mamlakatimizda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilishni nazarda tutuvchi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy etildi. Ushbu tizim dissertatsiya tadqiqotlari sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratishda muhim omil bo‘lmoqda.

Oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari huzurida tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boruvchilarning ilmiy salohiyatini belgilashda, maqolalar, ilmiy-texnologik ishlanmalarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh olimlarimiz bir necha xorijiy tillarni, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagani kerakli ilmiy ma’lumotlardan tez va samarali foydalanishida, tadqiqotlar sifatini oshirishda asosiy omil bo‘lmoqda.

Forumda jahon ilmiy-ta’lim manbalari, elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, yuqori reytingli ilmiy jurnallarda maqolalar nashr ettirish imkoniyatlari, ilmiy nashrlar va doktorlik dissertatsiyalarining sifatini oshirish haqida so‘z yuritildi.

WWW.UZA.UZ