Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

IMKONIYAT, IMTIYOZ VA SAMARA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
IMKONIYAT, IMTIYOZ VA SAMARA

Mamlakatimizda yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Jizzax” va “Angren” maxsus industrial zonalari muhim o‘rin tutmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan ushbu maxsus industrial zonada transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etgan holda ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh, yuksak texnologiyali innovatsion ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotir.

Bu yerda mamlakatimiz ishbilarmonlari va xorijlik investorlar hamkorligida 20 dan ziyod istiqbolli loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Elektronika, komputer qismlari, quyosh va boshqa turdagi batareyalar, maishiy texnikalar, mashinasozlik va avtomobil ehtiyot qismlari, farmatsevtika, tibbiyot, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi loyihalar shular jumlasidandir. Ayni paytda ularning oltitasi faoliyat yuritmoqda.

Xitoylik hamkorlar bilan quyosh kollektorlari ishlab chiqaruvchi “Quyosh issiqlik energiyasi” qo‘shma korxonasi yiliga 50 ming dona quyosh suv isitish kollektori ishlab chiqarish quvvatiga ega. Energiya ta’minoti butun dunyoda muammoga aylanayotgan bugungi kunda bu kabi ishlab chiqarish obektlarining yurtimizda ish boshlagani juda ahamiyatlidir.

“JUITA GULSHANA INVEST” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi mamlakatimiz yengil sanoatida muhim voqea bo‘ldi. “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda xitoylik ishbilarmonlar hamkorligida tashkil etilgan korxona sanoatlashgan tikuv dastgohlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

– “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududidagi binoni xarid qilib, to‘la ta’mirdan chiqardik, – deydi qo‘shma korxona rahbari Ravshan Boboyev. – Korxona Yaponiyaning jahonga mashhur “JUITA“ kompaniyasi texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan tikuv mashinalarini yig‘ish va ehtiyot qismlar tayyorlash dastgohlari bilan ta’minlandi. Natijada “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg‘asi bilan yiliga 15 ming dona sanoatbop tikuv mashinasi ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ishga tushirildi. Hozir bu yerda bir necha turdagi tikuv mashinalari ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotning uchdan bir qismi xorijga eksport qilinadi. Ayni paytda 50 doimiy ish o‘rniga ega korxonada ishlab chiqarishni kengaytirish ishlari davom ettirilayotir. Jumladan, tikuv mashinalari qismlarini shu yerning o‘zida tayyorlash bo‘yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

2017-yilga borib tikuv mashinalari uchun ehtiyot qismlarning 50 foizini shu yerning o‘zida tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, ip o‘rash dastgohlari ishlab chiqarish, trikotaj mahsulotlarini tikishda keng foydalaniladigan yarim sun’iy iplar, kiyimlar uchun bezak, o‘rovchi materiallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ham rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilgach, 50 dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.

Xitoylik ishbilarmonlar bilan samarali hamkorlikning yana bir namunasi “Avto pad systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonadir. Bu yerda yengil avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari tayyorlanmoqda. Bu kelajakda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi yengil va yuk mashinalarni shu xildagi ehtiyot qismlar bilan ta’minlash imkonini beradi.

Korxona ta’sischilari hamkorlikni ishlab chiqarishning boshqa yo‘nalishlarida ham davom ettirmoqda. Oyiga 250 tonna burama mix, 140 tonna metall profil ishlab chiqarayotgan “Master screw systeums” qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi ham xorijlik ishbilarmonlar va mamlakatimiz tadbirkorlari hamkorligining amaliy ifodasidir.

“Jizzax” maxsus industiral zonasidagi qulay investitsion muhit ko‘plab mamlakatlar tadbirkorlarini jalb etmoqda. Xususan, bu imkoniyatlardan Janubiy koreyalik ishbilarmonlar ham samarali foydalanayotir. Mustaqilligimizning 24-yillik bayrami arafasida “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va Janubiy Koreyaning “OWTLL” korporatsiyasi bilan moliyaviy sheriklikda yiliga ikki yarim million dona energiya tejamkor svetodiodli lampalar ishlab chiqaradigan umumiy qiymati 2,5 million dollarlik “Yorqin chiroqlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona ishga tushirildi.

Maxsus industrial hududda hozirga qadar amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 39 million AQSh dollaridan oshdi. Yangi ishga tushirilgan korxonalarda 300 dan ziyod ish o‘rinlari yaratildi. Yil yakuniga qadar yana oltita quvvatni ishga tushirish mo‘ljallanmoqda.

O‘zA