Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

IMKONIYAT VA IMTIYOZLAR SAMARASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
IMKONIYAT VA IMTIYOZLAR SAMARASI

Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Libero Vita Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati joriy yilning birinchi choragida 150 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini eksport qildi.

Prezidentimiz rahnamoligida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishda yuksak samaralar bermoqda.

“Libero Vita Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham yaratilayotgan bunday imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanib, zamonaviy dastgoh va jihozlar keltirib o‘rnatdi. Mahsulot sifati va dizayniga alohida e’tibor qaratildi. Natijada korxona mahsulotlariga talab ortib, bozorda xaridorgir mahsulotlar qatoridan joy oldi.

– Korxonada bolalar, erkaklar va ayollar uchun 50 dan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda, – deydi “Libero Vita Biznes” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Dilmurod Qurbonov. – Joriy yilning birinchi choragida 150 ming dollar miqdoridagi mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, ichki bozorda 200 million so‘mlik mahsulot sotildi. Dastlab, besh kishi bilan ish boshlagan korxonamiz ishchilari soni bugun 50 dan oshdi. Ularning aksariyati yoshlardir. Korxonada “Ustoz-shogird” an’anasi asosida tumandagi qator kollejlar o‘quvchilarining amaliyot o‘tashi yo‘lga qo‘yilgan.

Erishilayotgan muvaffaqiyatlarda ilg‘or ish uslublarini qo‘llash, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ishchi-xizmatchilarga munosib mehnat sharoiti yaratilishi muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zA