Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“Imon” – yangi talqinda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“Imon” – yangi talqinda

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi va “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamkorligida “Milliy teatrimiz istiqboli” mavzusida anjuman o‘tkazildi. Unda teatrshunos olimlar, ustoz san’atkorlar, yosh aktyorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi B.Ahmedov, “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori V.Umarov, O‘zbekiston xalq artisti Yo.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida teatr san’atini rivojlantirish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash, milliy tomosha san’ati an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatrlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Teatr tomoshabin dunyoqarashini kengaytirish, madaniyati va ma’naviyatini boyitish, o‘zaro hurmat, do‘stlik munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladigan muhim vosita. Yurtimizda ushbu san’at yanada sayqallanib bormoqda. Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning o‘lmas merosi, mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, zamonamiz qahramonlari timsoli aks etgan badiiy yetuk asarlar yaratilmoqda.

Anjumanda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan “Imon” spektakli mazmun-mohiyati hamda “Aktyorlik san’ati mahorat maktabi” teatr-studiyasining istiqboldagi vazifalari xususida so‘z yuritildi.

Atoqli dramaturg Izzat Sulton qalamiga mansub “Imon” dramasi ilk bor 1960-yili hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnaga qo‘yilgan edi. Asarda ma’naviy axloq, halollik, poklikni o‘z imoni deb bilgan professor Yo‘ldosh Komilovning hayotda uchrab turadigan ta’magirlik, xudbinlik, vijdonsizlikka qarshi kurashi bosh g‘oya qilib olingan.

Asar mavzusi hamma zamonlarda ham dolzarb bo‘lgani tufayli drama O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Azimov rejissyorligida qayta sahnaga qo‘yildi. Bosh qahramon obrazini O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev, boshqa rollarni teatrning yosh aktyorlari ijro etmoqda.

– Yangi spektakl Milliy teatr jamoasi badiiy-g‘oyaviy jihatdan yetuk asarlar yaratish borasida jiddiy izlanishda ekani, «ustoz-shogird» an’analari asosida shakllangan aktyorlik mahorati maktabi davom etayotganini ko‘rsatdi, – deydi adabiyotshunos Shuhrat Rizayev. – Yetuk aktyorlar mahoratidan unumli foydalanish maqsadida tashkil etilgan yangi teatr-studiya bu ijodiy jarayonni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Mazkur teatr-studiya iqtidorli aktyorlar, ayniqsa, viloyat teatrlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar uchun ustozlardan saboq olib, ular bilan sahnada ko‘plab rollar ijro etishiga qulay imkoniyat yaratadi.

Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tadbir so‘ngida “Imon” spektaklining taqdimoti o‘tkazildi.

www.uza.uz