Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

INDONEZIYA SAYYOHLIK KOMPANIYASI: “BIZ O’ZBEKISTONNI MUHIM VA ISHONCHLI SAYYOHLIK YO’NALISHI SIFATIDA NAMOYISH QILMOQDAMIZ”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
INDONEZIYA SAYYOHLIK KOMPANIYASI: “BIZ O'ZBEKISTONNI MUHIM VA ISHONCHLI SAYYOHLIK YO'NALISHI SIFATIDA NAMOYISH QILMOQDAMIZ”

Kuni kecha Jakartada “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi va mamlakatimizning Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi ko’magida “O’zbekiston - Buyuk Ipak yo’lining yuragi” nomi ostidagi “Road Show” sayohati tashkil etildi.

Mazkur keng ko’lamli tadbirda Indoneziyaning nufuzli sayyohlik kompaniyalari rahbarlari, ishbilarmon doiralari va yetakchi bosma va elektron ommaviy axborot vositalari hodimlari ishtirok etishdi. Ular O’zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi hamda noyob me’moriy yodgorliklari va diqqatga sazovor joylari haqida batafsil ma’lumot olishdi. Respublikamizning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

“Road Show” doirasida “O’zbekiston havo yo’llari” MAK va mamlakatning ichki sayyohlik kompaniyalari vakillari o’rtasida respublikamizning tarixiy shaharlari va zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi xususida taqdimot o’tkazildi. Unda mamlakatimizning dam olish industriyasi yanada rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi. O’zbekistonning afzallik jihatlaridan biri bu - uning geografik jihatdan qulay hududda - Buyuk Ipak yo’li chorrahasida joylashgani, jahon standartlariga mos darajada xizmat ko’rsatadigan mehmonxonalar va keng transport hamda kommunikatsiya tarmog’iga ega ekanidir.

Bundan tashqari, tadbir doirasida yozgi park va milliy avia yo’lovchilar tashish imkoniyatlari haqida axborot berildi. O’zbekiston havo yo’llari “Boeing-757”, “Boing-767”, “Airbus A-320” va boshqa zamonaviy, qulay samolyotlar orqali Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Amerikaning 40 dan ortiq shaharlariga muntazam reyslar amalga oshirishini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda e’tirof etilishicha, so’nggi yillarda respublikaning aeroportlari zamon talablariga muvofiq tarzda butunlay ta’mirlandi va modernizatsiya qilindi. Ularning aksariyati xalqaro maqomga ega.

O’tkazilgan tadbir indoneziyalik ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Jumladan, “PT. Pacific Interindah” kompaniyasi prezidenti Nensi Nurdin indoneziyalik sayyohlarda mamlakatimizga bo’lgan qiziqishi ortib borayotgani xususida so’z yuritdi.

— O’zbekiston – sayohat shinavandalarini qattiq jalb qilayotgan jahon sayyohlik bozorida jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri. Go’zal tabiati va xalqining boy tarixi bu sanoatning barcha sohalarini rivojlantirishga ajoyib imkon beradi. Zamonaviy sayyohlik infratuzilma va transport tizimlari mamlakatingizning sayyohlik salohiyatini to’liq amalga oshirishga zamin yaratadi, - dedi N.Nurdin.

Indoneziyaning “Golden Rama” yirik sayyohlik kompaniyasi xorijiy sahat bo’yicha menejeri Mimi Lega yaqinda mamlakatimizga tashrif qilgani xususida o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. U O’zbekistonning sayyohlik salohiyatini, shuningdek, mehmonlarga sifatli xizmat ko’rsatishni kafolatlaydigan zamonaviy infratuzilma yaratilganini yuksak baholadi.

— O’zbekiston mintaqada noyob me’moriy obidalar, bebaho tarixiy va madaniy merosga ega eng chiroyli mamlakatlardan biri hisoblanadi desam mubolag’a bo’lmaydi, - dedi M.Lega. - U haqli ravishda Sharq durdonasi va Buyuk Ipak yo’lining yuragi deb ataladi. Bizni o’zbek xalqining boy an’analarini o’zida mujassam etgan va sharqiy va zamonaviy me’morchilik unsurlaridan iborat respublikaning bugungi qiyofasi meni hayratda qoldirda. O’zbekistondagi shahar va qishloqlarning osoyishtaligi, bog’ va hiyobonlarning farovonligi davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilayotgani hamda aholi ma’naviy jihatdan yuksak taraqqiy etganidan dalolat beradi.

“Wita Tour” kompaniyasi menejeri Edvard Tdje:

— Yaqinda Markaziy Osiyo mamlakatlariga ularning sayyohlik salohiyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdim. O’zbekistonning noyob go’zalligini alohida ta’kidlashni istayman. Bu yerda qadimiy shaharlarning ajoyib me’moriy yodgorliklarini asrab-avaylash va mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarning yaqqol guvohi bo’ldim. Kompaniyamiz mijozlari bizdan yuqori sifatli sayyohlik xizmatlarini talab qilishadi. O’zbekistonda qulay shart-sharoitlar yaratilganini ko’rib mamlakatingizni muhim va ishonchli sayyohlik yo’nalishi sifatida namoyish qilmoqdamiz.

“Jahon” AA, Jakarta