INDONEZIYA TASHQI ISHLAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Indoneziya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.