INGLIZ YOZUVCHISI TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB KO‘RGAZMASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz yozuvchisi dunyoda Agata Kristi nomi bilan tanilgan Agata Meri Klarissa Mallouen tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Izquvarlik janri ustasi” deb nomlangani kitob ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar beradi kutubxona matuot xizmati.
U o‘zi yaratgan 80 detektiv roman, 6 psixologik roman, 19ta hiqoyalar to‘plami va bugungi kunda ham o‘z mashhurligini yo‘qotmagan va dunyo teatrlarida sahnalashtirib kelinayotgan ko‘plab pesalari tufayli eng taniqli detektiv (izquvar) asarlar yozuvchilari sirasiga kiradi.
Agata Kristi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazmada detektiv janri kitobxonlariga manzur bo‘lib qolgan “I na treshinax zerkalniy krug”, “Mesto naznacheniya neizvestno”, “Tainstvenniy protivnik” va boshqa asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar dunyoning 100 dan ortiq tillariga tarjima qilingan, bir necha marotaba ekranlashtirilgan 80 dan ziyod hikoyalar, o‘nlab pesalar muallifi “izquvarlik qirolichasi” Agata Kristi hayoti va ijodiga dahldor qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
“Jahon” AA