“INGLIZCHA-O’ZBEKCHA, O’ZBEKCHA-INGLIZCHA LUG’AT” - TANLOV G’OLIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan lug’at “Yilning eng yaxshi kitobi Respublika ko’rik tanlovida birinchi o’rinni egalladi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Mazkur lug’at 80 000 so’z va iboralarni o’z ichiga oladi. U ilmiy xodimlar, tarjimonlar, muharrirlar, o’qituvchilar, maktab o’quvchilari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari talabalari, doktorantlar hamda ingliz tiliga qiziquvchi mustaqil o’rganuvchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan.
Mazkur lug’at kitobxonlarning talablaridan kelib chiqqan holda, ayni paytda 3000 nusxada qayta nashr etilmoqda.
“Jahon” AA