INHA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasidan Inha universiteti prezidenti Sunya Choy xonim boshchiligida mamlakatimizga Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati bilan tanishish va istiqboldagi maqsadlar yuzasidan fikr almashish uchun tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlikning Axborot xizmati.
Uchrashuvda axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlar tayyorlash borasida yo‘lga qo‘yilgan ikkitomonlama hamkorlik holati, amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi. Sunya Choy xonim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi va Janubiy Koreya hukumatining amaliy ko‘magi bilan bunyod etilgan Toshkent shahridagi Inha universitetigi taassurotlarini o‘rtoqlashib, universitet ikki mamlakatning qo‘llab-quvvatlashi evaziga tez orada mintaqadagi axborot-kommunikatsiya yo‘nalishdagi yetakchi ta’lim muassasalaridan biriga aylanishini ta’kidladi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti Janubiy Koreyaning xorijda tashkil etilgan ilk oliy ta’lim muassasasi ekanligi, o‘z navbatida yirik hodisa ekanligi, bu universitetga qaratilgan e’tiborni yanada kuchaytirish, har tomonldama qo‘llab-quvvatlashni taqozo etishi qayd etilib, tomonlar uning istiqboldagi faoliyati, yangi o‘quv yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha rejalarni o‘rtoqlashdilar.
“Jahon” AA