INNA KISELYOVA: “SHARQ TARONALARI” SAHNASIDA O’Z IJODIMIZNI NAMOYISH ETISH IMKONIYATI TUG’ILGANIDAN JUDA MAMNUNMIZ”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ma’lumki, shu kunlarda Samarqandda “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivalining o’tkazilishiga qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidan keladigan ijodiy jamoalar qatorida Rossiya vakillari ham Registon maydonida o’tadigan tanlov doirasidagi o’z chiqishlariga hozirlik ko’rishayotir.
“Jahon” axborot agentligining Moskvadagi muxbiri “Sibir naqshi” xalq ansambli rahbari Inna Kiselyova bilan suhbatda bo’ldi. U oldinda turgan xalqaro madaniy anjuman va o’z jamoasining unda ishtirok etishi bilan bog’liq fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
— Tarixan qisqa davr ichida “Sharq taronalari” musiqa festivali mumtoz musiqa san’ati va xalq ijodiyotini qayta tiklash hamda takomillashtirishga da’vat etilgan xalqaro loyiha sifatida butun jahonda e’tirof qozonishga muvaffaq bo’ldi.
Komil ishonch bilan aytish mumkinki, bu O’zbekistonda ko’p asrlik ma’naviy qadriyat va milliy an’analarni avaylab asrash hamda ularni yanada boyitishga yo’naltirilgan keng ko’lamli ishlarning, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan tinchliksevar siyosatning bir qismi hisoblanadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, festival doirasida mana o’ninchi marotaba jahon san’at ahlini o’z atrofiga jamlayotgan ko’hna Samarqand shahri jahon madaniy merosini rivojlantirish va ommalashtirish bo’yicha dunyoning turli mamlakatlari xalqlarining umumiy intilishlari ramziga aylanib bormoqda.
Bundan tashqari, “Sharq taronalari” festivali xalqlarni bir-birlariga yaqinlashtirishga, zaminimizning turli nuqtalaridan kelayotgan ishtirokchilar o’rtasidagi do’stona va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Biz ushbu ajoyib madaniy forum doirasida o’z ijodimizni namoyish etish imkoniyati tug’ilganidan juda mamnunmiz.
“Sibir naqshi” xalq ansamblimiz “Sharq taronalari” sahnasida Sibir mintaqasi madaniy an’analarini namoyish qilishni, xususan, Novosibirsk viloyati hududidagi uzoq qishloqlarda yozilgan xalq kuy-qo’shiqlarini ijro etishni rejalashtirgan.
“Jahon” AA, Moskva