Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar taqdimoti

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Innovatsion g‘oya, texnologiya va loyihalar taqdimoti

Andijonda VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar hududiy yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, viloyat hokimligi, viloyat hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, tijorat banklari vakillari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Unda Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari olimlari o‘zlarining ilg‘or innovatsion g‘oyalari, texnologiya va loyihalari, ilmiy ishlanmalari bilan qatnashdi.

Prezidentimizning 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqarishning texnologik darajasi va raqobatbardoshligini oshirish, innovatsion mahsulotni ichki va tashqi bozorga chiqarish, ilg‘or innovatsion loyiha va ishlanmalarni hayotga joriy etishda muhim omil bo‘lmoqda.

– 2008-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu an’anaviy yarmarkada olimlarning uch mingdan ziyod ishlanmasi, texnologiya va g‘oyalari namoyish etildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ijro apparati rahbari Odilxo‘ja Parpiyev. – Ularni amaliyotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqaruvchilar hamda ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanmoqda. Yarmarka doirasida o‘tgan yillar davomida innovatsion g‘oya va ishlanmalarni xarid qilish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan 86 milliard so‘mlikdan ziyod shartnomalar tuzilgani fikrimizni isbotlaydi.

Hududiy taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda boshqa idoralarning institut, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik muassasalarining 250 dan ziyod innovatsion texnologiya, ishlanma va g‘oyalari namoyish etildi. Ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, hosildor va ertapishar yangi ekin navlari, o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish vositalari, chorvachilik va bog‘dorchilikda hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan, shuningdek, mashinasozlik, muqobil energiya ishlab chiqaruvchi va energiyani iqtisod qiluvchi g‘oya, ishlanma va texnologiyalar salmoqli o‘rin egalladi.

– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari yerning meliorativ va ekologik holatini yaxshilash, hosildorlikni oshirish bo‘yicha innovatsion ishlanma, g‘oya va loyihalari bilan ishtirok etmoqda, – deydi institut katta ilmiy xodimi Baxtiyor Rasulov. – Jumladan, tuproqning ekologik holatini tiklashga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshiradigan “Bioazot-N” biopreparati fermer va bog‘bonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu biopreparat arzonligi, ekologik toza va tez ta’sir etishi, azotli va fosforli o‘g‘itlar sarfini kamaytirishi, o‘simliklarni turli kasalliklardan himoya qilishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.

Yarmarkada muqobil energiya ishlab chiqarish hamda energiyani iqtisod qilish yo‘nalishidagi qator innovatsion g‘oya va texnologiyalarga keng o‘rin berilgan.

– Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda iqtisodiy jihatdan arzon va samarali bo‘lgan kichik gidroqurilmalarning ahamiyati katta, – deydi Andijon shahar hokimligi qoshidagi innovatsion texnologiyalar markazi katta ilmiy xodimi Oybek Bozorov. – Biz taqdim etayotgan “Truboreaktiv asosda ishlaydigan mikroGES” qurilmasi mavjud shunday qurilmalarga nisbatan ikki-uch barobar yuqori samaradorlikka ega.

Yarmarkada viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar va xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalari hamda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar ham o‘z ijodiy ishlari, innovatsion g‘oya va loyihalari bilan qatnashdi.

Tijorat banklari tomonidan mazkur yo‘nalishda kreditlar olish tartib-qoidalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi. Mutaxassislar yoshlarga innovatsion g‘oya va loyihalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha ajratiladigan kreditlar xususida so‘zlab berdi.

Yarmarkada yangi texnologiya, loyiha va ishlanmalar xarid qilish va sotish yuzasidan ko‘plab shartnomalar imzolandi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

www.uza.uz